» » Uzcard plastik kartalar orqali amalga oshirilgan to‘lovlarni bekor qilish funksiyasini joriy etdi

Uzcard plastik kartalar orqali amalga oshirilgan to‘lovlarni bekor qilish funksiyasini joriy etdi


Yagona umumrespublika protsessing markazi mutaxassislari tomonidan ko‘p xususiyatli “Xalqaro to‘lov tizimi” nomli dasturiy ta’minot o‘rnatilgan barcha Uzcard POS-terminallarida “Tranzaksiyani bekor qilish” qo‘shimcha funksiyasi faollashtirildi. Bu haqda Uzcard ma’muriyati ma’lum qildi.

Ushbu funksiya terminalda amalga oshirilgan xato tranzaksiyalarni hamda iste’molchi istagiga binoan, mahsulotni to‘lov punktiga qaytarish uchun to‘lovni bekor qilishda ishlatilati. POS-terminallarda Uzcard kartasi orqali kun bo‘ylab amalga oshirilgan tranzaksiyalar hisobi yuritilgunicha barcha tranzaksiyalarni bekor qilish imkoni mavjud.

To‘lov punktlari egalari uchun ma’lumot:

Ushbu dasturiy ta’minotni Uzcard POS-terminallariga o‘rnatish uchun hizmat ko‘rsatayotgan bankingizga murojaat qiling;

“Xalqaro to‘lov tizimi” dasturi bir necha daqiqalarda o‘rnatiladi;

Yangi funksionalning qo‘llanmasi bilan tanishib chiqish o‘rinli;

“Tranzaksiyani bekor qilish” operatsiyasini Uzcard kartalari orqali to‘lov amalga oshirilgan kuni davomida (ya’ni, bir kun ichida) amalga oshirish mumkin;

“Tranzaksiyani bekor qilish” operatsiyasini xalqaro plastik kartalari orqali to‘lov amalga oshirilgan vaqtdan boshlab 16:00 gacha amalga oshirish kerak;

“Tranzaksiyani bekor qilish” operatsiyasini Uzcard va xalqaro plastik kartalari uchun “Hisob-kitobni tekshirish” funksiyasi amalga oshirilgunicha qo‘llash imkoni mavjud;

Bahsli vaziyatlarda xizmat ko‘rsatayotgan bankka murojaat qilish tavsiya etiladi.

Yangi amaliyot Uzcard karta egalari uchun bir qator qulayliklarni yaratadi. Jumladan, tranzaksiyaga tegishli chek taqdim qilinganida Uzcard, UnionPay va MasterCard plastik kartalari orqali amalga oshirilgan to‘lovlarni bekor qilish imkoni tug‘ildi.

Ta’kidlash joizki, “Xalqaro to‘lov tizimi” dasturiy ta’minotini qo‘llab-quvvatlovchi barcha POS-terminallar UnionPay va MasterCard to‘lov tizimiga xizmat ko‘rsatuvchi plastik kartalariga Uzcard kartalari qatori xizmat ko‘rsatadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-07-2018, 09:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 106) ( 0) ( 103) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют