» » Uzcard kartalariga Rossiyaning Qiwi va Contact o‘tkazmalari orqali pul yuborish xizmati yo‘lga qo‘yildi

Uzcard kartalariga Rossiyaning Qiwi va Contact o‘tkazmalari orqali pul yuborish xizmati yo‘lga qo‘yildi


Uzcard kartalariga Rossiyaning Qiwi va Contact o‘tkazmalari orqali pul yuborish xizmati yo‘lga qo‘yildi. Bu haqda Uzcard matbuot xizmati xabar qildi.

Ushbu yangilik Uzcard kartasi egalari hamda O‘zbekistonda faoliyat olib borayotgan barcha banklarning mijozlariga taalluqli.

Pul o‘tkazmalari faqat bir tomonlama amal qilmoqda, ya’ni O‘zbekiston hududiga pul o‘tkazish imkoniyati yaratildi.

Pul mablag‘i to‘g‘ridan-tug‘ri Uzcard kartalariga tushiriladi. Chet eldan 500 dollarlik limit bilan pul o‘tkazish imkoni mavjud.

Jo‘natuvchidan 2 foizlik komissiya to‘lovlari yechib olinadi. Tijorat kursi hisob yurituvchi bank tomonidan belgilanadi.

Kompaniya yaqin kunlarda Qiwi va Contact pul o‘tkazmalari xizmatlarining qo‘shimcha funksiyalari ham joriy qilinishini bildirgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-07-2018, 22:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 45) ( 0) ( 44) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют