» » Prezident Frank-Valter Shtaynmayerning O‘zbekistonga bo‘lajak tashrifi Germaniya OAVlarida keng yoritilmoqda

Prezident Frank-Valter Shtaynmayerning O‘zbekistonga bo‘lajak tashrifi Germaniya OAVlarida keng yoritilmoqda


Germaniya Federativ Respublikasi Federal Prezidenti Frank-Valter Shtaynmayerning 27—29-may kunlari O‘zbekistonga kutilayotgan rasmiy tashrifi Germaniya OAVlarida keng yoritilmoqda, deb yozadi O‘zA.

Xususan, Bundesdeutsche Zeitung gazetasi e’lon qilgan maqolada Prezident Frank-Valter Shtaynmayerning O‘zbekistonga rasmiy tashrifi chog‘ida savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy va madaniy-gumanitar sohalarda hamkorlikni yanada mustahkamlash imkoniyatlarini o‘rganish maqsadida unga Germaniya biznes doira va madaniy muassasalar vakillari hamrohlik qilishi aytilgan, deyiladi “Dunyo” axborot agentligi internet sahifasida e’lon qilingan maqolada.

Xabarda ta’kidlanishicha, 2016-yildan boshlab O‘zbekistonda mamlakat iqtisodiyotining barcha yo‘nalishlarini liberallashtirish boshlangan. Nashr Germany Trade & Invest (GTAI) agentligining Markaziy Osiyo bo‘yicha eksperti Uve Shtrobaxning quyidagi so‘zlarini keltiradi:

“Xususiy sektor uchun ishbilarmonlik muhiti sezilarli darajada yaxshilangan. Qabul qilingan yangi qonunlar huquqiy bazani optimallashtiradi va byurokratiyak to‘siqlarni kamaytiradi. O‘zbekiston iqtisodiy islohotlarni misli ko‘rilmagan jadallikda olib boryapti. Mahsulotlarni sotib olish va bojxona hujjatlarini rasmiylashtirish jarayoni ancha soddalashtirilgan. Ko‘plab sohalar xususiy biznes uchun ochiq. Turli-tuman litsenziyalar va tadbirkorlik bilan shug‘ullanish huquqini beruvchi ruxsatnomalar bekor qilingan. Eksport va import litsenziyalarining qisqartirilishi hisobiga tijoriy kelishuvlarni amalga oshirishdagi byurokratik amallar tartibga solingan”.

Maqola muallifi O‘zbekistondagi islohotlarning izchillik bilan olib borilayotgani xorijiy davlatlar bilan hamkorlik munosabatlarini yanada kengaytirishga zamin yaratayotganini qayd etadi. Turli sohalar bo‘yicha 2018–2020-yillarga mo‘ljallangan dasturlarning umumiy qiymati 30 milliard dollardan ziyodni tashkil qiladi. Nemis kompaniyalariga barcha sohalar bo‘yicha rejalashtirilgan loyihalarda o‘z vaqtida ishtirok etish tavsiya etilmoqda.

dpa-AFX axborot agentligi, Handelsblatt nashri, Finanznachrichten.de, Wallstreet-Online.de, Boerse.de portallari o‘z sahifalarida e’lon qilgan maqolada esa Germaniya Federativ Respublikasi Prezidenti rasmiy tashrifi chog‘ida 2016-yili davlat rahbarligiga kelgan Prezident Shavkat Mirziyoyevni qo‘llab-quvvatlash istagida ekani haqida yozgan.

“Shavkat Mirziyoyev shu yilning yanvar oyida rasmiy tashrif bilan Berlinda bo‘ldi. Oliy martabali mehmon sharafiga Belvyu saroyida harbiy qorovul saf tortdi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, shuningdek, kansler Angela Merkel bilan ham uchrashdi. Ekspertlar juda qisqa muddatdagi javob tashrifi odatiy tajribaga o‘xshamaydi, ya’ni ushbu tashrif O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlarning Germaniya tomonidan faol qo‘llab-quvvatlanishidan darak berishini anglatadi”, — deyiladi nemis jurnalistlari maqolalarida.

Xabarda keltirilishicha, Frank-Valter Shtaynmayer Toshkentda fuqarolik jamiyati vakillari va ziyolilar bilan ham uchrashadi. Tashrif yakunida turli sohalar bo‘yicha hamkorlikka doir kelishuvlar imzolanadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-05-2019, 20:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 50) ( 0) ( 50) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют