» » Chikagoda otishma: 5 kishi halok bo‘ldi va yana 34 kishi jarohat oldi

Chikagoda otishma: 5 kishi halok bo‘ldi va yana 34 kishi jarohat oldi


24—26-may kunlari Chikagoda bir-birga bog‘liq bo‘lmagan otishmalar oqibatida 5 kishi halok bo‘ldi va yana 34 kishi jarohat oldi, deb xabar beradi Fourm Daily.

Birinchi noxush hodisa 24-may kechasi sodir bo‘lgan. 15 yoshli o‘smir va 27 yoshli erkak Janubiy Soyer ko‘chasi bo‘ylab ketayotganida o‘qotar quroldan jarohat olgan. Ikkisi ham shifoxonaga yetkazilgan.

The Chicago Tribune’ning yozishicha, shu kunning o‘zida yana kamida 9 kishi o‘qotar qurollardan jabr ko‘rgan. Otishma oqibatida jarohat olganlarning yoshi 17—45 oralig‘ida.

25-may kuni esa noma’lum mergan uyining chetida turgan 29 yoshli erkakni o‘qqa tutgan va oqibatda jabrlanuvchi halok bo‘lgan. Mazkur holat bo‘yicha hech kim qo‘lga olinmagan.

Kechasi soat 22:00 da yana ikki nafar erkak harakatlanib ketayotgan avtomobil ichidan otib ketilgan. Ikkisi ham shifoxonaga olib borilgan, biroq ulardan biri vafot etgan. Oradan bir necha soat o‘tgach, politsiyaga ko‘chada tartibsizlik bo‘layotgani haqida xabar yetib kelgan. Ma’lum bo‘lishicha, piyodalar yo‘lakchasida turgan erkakni otib ketishgan. U ham voqea joyida vafot etgan.

26-may kuni ertalab 25—31 yosh oralig‘idagi ikki erkak va ikki nafar ayol ham o‘qotar quroldan jarohat olgan. Ularning barchasi shifoxonaga olib borilgan, biroq erkaklar vafot etgan. Ayollarning ahvoli barqaror ekanligi aytilmoqda. Politsiya mazkur hodisa bo‘yicha gumonlanuvchini qo‘lga olgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-05-2019, 09:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 73) ( 0) ( 72) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют