» » Yevroittifoqda yangi 100 va 200 yevrolik kupyuralar muomalaga chiqarildi

Yevroittifoqda yangi 100 va 200 yevrolik kupyuralar muomalaga chiqarildi


Yevropa Ittifoqida 28-maydan boshlab yangi 100 va 200 yevrolik kupyuralar muomalaga chiqarildi. “Korrespondent.net”ning xabar berishicha, bu haqda Yevropa Markaziy banki ma’lum qilgan.

Yangilangan banknotalar eski ranglarini saqlab qolgan, lekin dizayn jihatdan biroz o‘zgargan. Ular, shuningdek, bo‘yi qisqargan, eni esa 50 yevrolik kupyuraniki kabi. Qayd etilishicha, bu yangi kupyuralarga fuqarolar hamyoniga bemalol sig‘ishiga yordam beradi, bankomatlarda esa tezroq ishlanadi.

Yangilangan 100 va 200 yevrolik kupyuralar qo‘shimcha himoya elementi bilan ta’minlangan. Ularga faqat mashina aniqlashi mumkin bo‘lgan ko‘z ilg‘amaydigan himoya belgilari qo‘yilgan. Bundan tashqari, unda yangi element — kupyura o‘girilganda o‘zgaradigan gologramma ham bor.

Bundan avval 5, 10, 20 va 50 yevrolik kupyuralar yangilanib, muomalaga chiqarilgan edi. Eski banknotalardan ham muomaladan tabiiy chiqib ketguniga qadar foydalaniladi. Yangilangan 500 yevrolik kupyura chiqarilmaydi, 2018-yilning oxirida eski versiyasini bosib chiqarish ham to‘xtatilgan edi. Bu terrorchilik va noqonuniy mehnat faoliyatini moliyalashni qiyinlashtirish maqsadida qilingan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-05-2019, 11:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 31) ( 0) ( 30) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют