» » Yaponiyada pichoq hujumidan qurbon bo‘lganlar soni ma’lum qilindi

Yaponiyada pichoq hujumidan qurbon bo‘lganlar soni ma’lum qilindi


Yaponiyaning Kavasaki shahrida noma’lum shaxs pichoq bilan hujum qilishi oqibatida qurbon bo‘lganlar soni ikki kishiga yetdi. “RBK”ning xabar berishicha, politsiya umumiy hisobda 18 kishi yaralanganini tasdiqlagan.

Yaralanish oqibatida halok bo‘lganlardan biri maktab o‘quvchisi, ikkinchisi esa o‘quvchilardan birining otasi deb taxmin qilinayotgan 30 yoshlar atrofidagi erkak. Hujum qilgan shaxsning o‘zi ham bo‘yniga pichoq urishi oqibatida halok bo‘lgan.

Eslatib o‘tamiz, voqea 28-may kuni soat taxminan 07:45 da o‘quvchilar Norobito stansiyasi yonida maktab avtobusini kutayotgan vaqtda sodir bo‘lgan.

Hodisa joyida ikkita pichoq topilgan. Voqea tafsilotlari o‘rganilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-05-2019, 12:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 77) ( 0) ( 75) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют