» » BMW yangi avlod 1 Series xetchbekini taqdim etdi (foto)

BMW yangi avlod 1 Series xetchbekini taqdim etdi (foto)


BMW kompaniyasi yangi avlod 1 Series xetchbekini taqdim etdi. U o‘zidan oldingi modeldan ancha keng va birinchi bor keng funksiyali panorama tomiga ega bo‘ldi, deb xabar beradi “Motor”.

Yangi BMW 1 old uzatmali FAAR arxitekturasiga o‘tgan bo‘lib, UKL2 hamda X1, X2 korssoverlarining evolutsiyaga uchragan shakliga aylandi. Platformaning o‘zgarishi mashinaning ichki qismiga ham ta’sir o‘tkazgan: orqa o‘rindiqda o‘tiruvchilarning tizzalari uchun 33 millimetr, boshi uchun 19 millimetr qo‘shimcha joy paydo bo‘ldi. Yukxona sig‘imi 20 litrga oshib, 380 litrga yetdi.

118i indeksli xetchbekka 1,5 litrli uchta silindrga ega turbomotor o‘rnatilgan. U 140 ot kuchiga ega va aylanuvchi momentlar soni 220 Nm.ga teng.

Xetchbek uch turdagi uzatmalar qutisi bilan jihozlandi: old uzatmali olti pog‘onali “mexanika”, uch silindrli mashina uchun yetti pog‘onali “robot” hamda to‘rt silindrli sakkiz diapazonli “avtomat”.

Mazkur modelni keng ommaga joriy yilning yozida Myunxenda o‘tkaziladigan maxsus tadbirda taqdim etish rejalashtirilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-05-2019, 12:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 75) ( 0) ( 74) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют