» » Fotogalereya: Amsterdamga kelgan yigit Airbnb konteynerini bron qilgani ma’lum bo‘ldi

Fotogalereya: Amsterdamga kelgan yigit Airbnb konteynerini bron qilgani ma’lum bo‘ldi


Airbnb xizmati — qisqa vaqtga sayyohlarga turar joyni ijaraga beradigan mashhur xizmat turlaridan biri. Biroq, ayrim sayyohlarning tajribasi shuni ko‘rsatadiki, juda murakkab xavfsizlik tizimi hatto mijozlarning xizmatlarini yoqimsiz sarguzashtlardan himoya qila olmaydi, deya yozadi TravelAsk.

Vaqti-vaqti bilan juda kulgili vaziyatlar yuzaga keladi, ammo har bir sayyoh ham bunday paytlarda ijobiy javob topa olmaydi.

Nima bo‘lganda ham siz har doim uy-joy profilini sinchkovlik bilan o‘rganib chiqishingiz, sizdan oldin kelgan mehmonlarning fikrlarini o‘qib ko‘rishingiz va ogohlantirishga tayanishingiz kerak. Axir taqdir sizni qanday qilib transport konteyneriga olib kelishi mumkinligini hech qachon bilolmaysiz-ku.

Ben Speller ismli yigit ko‘plab sayyohlar qalbidan joy olgan Amsterdamga tashrif buyurishni xohladi. Poytaxtdan turar joy tanlayotganida Airbnb dasturidan foydalandi. Hammasi yaxshi ketayotgan edi. Tez orada ham hamyonbop, ham uning talablariga javob eradigan tanlov chiqdi. Speller uzoq o‘ylab o‘tirmay “to‘liq sanuzelga ega bo‘lgan shinam uy”ni bron qildi.  Bu uchun esa u atigi 125 dollar to‘ladi.

Vanihoyat Niderlaniya borib, ushbu manzilni topgach, u butunlay boshqacha ahvolga tushdi. Uy u kutganidek emas edi.

Keyinchalik intervyuda uning aytishicha, u o‘zi bron qilgan uyni izlab mana shu konteyner oldidan taksida bir necha bor aylangan. U ko‘zlariga ishonmadi va bo‘layotgan voqealarni tushunishga urindi. Konteyner eshigini ochdi-da, ichkariga qaradi, so‘ng mehmonxonaga ketdi.

Benga tegishli bo‘lishi kerak bo‘lgan konteynerni esa bir necha kundan keyin ko‘chadan olib tashlashdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-05-2019, 14:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 85) ( 0) ( 84) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют