» » Toshkent viloyatidagi Cinara’s restorani auksionga qo‘yildi

Toshkent viloyatidagi Cinara’s restorani auksionga qo‘yildi


Toshkent viloyati, Bo‘stonliq tumanidagi Cinara’s restorani auksionga qo‘yildi. Bu haqida E-ijro Auksion bergan ma’lumotga tayanib, Spot xabar berdi.

Bino 2 qavat va 19 xonadan iborat hamda suv va elektr ta’minotiga ega. Yer uchastkasining umumiy maydoni 0.250 gektar, binoning umumiy maydoni 958.39 kvadrat metr.

Obyekt iqtisodiy ishlar bo‘yicha sudlar tomonidan 2019-yil 1-martdagi qarori bo‘yicha kimoshdi savdosiga qo‘yildi. Auksion 14-iyun kuni bo‘lib o‘tadi, arizalar 12-iyungacha qabul qilinadi.

Restoran 6 milliard so‘mga baholangan, zakalat puli 300 million so‘mni tashkil etadi.

E-ijro Auksion — yagona elektron savdo maydonchasi bo‘lib, 2017-yil 1-sentabrdan boshlab mol-mulkni sotish bo‘yicha ochiq savdolar o‘tkaziladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-05-2019, 16:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 69) ( 0) ( 67) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют