» » Shavkat Mirziyoyev ilm-fan va oliy talim sohasini rivojlantirishga oid vazifalar ijrosi boyicha yigilish otkazdi

Shavkat Mirziyoyev ilm-fan va oliy talim sohasini rivojlantirishga oid vazifalar ijrosi boyicha yigilish otkazdi


Ozbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 28-may kuni ilm-fan va oliy talim sohasini rivojlantirish boyicha belgilangan vazifalar ijrosiga bagishlangan yigilish otkazdi. Bu haqda Prezidentning rasmiy veb-saytida xabar berildi.

Unda 24-may kuni Ozbekiston Milliy universitetida oliy talim va ilmiy-tadqiqot muassasalari rahbarlari, akademiklar, olimlar, yosh tadqiqotchilar bilan bolgan uchrashuvda aytilgan takliflar va dolzarb masalalar muhokama qilindi.

Osha uchrashuvda davlat rahbari ilm-fan va innovatsiyalarni rivojlantirishga doir takliflarni muhokama qilish uchun maxsus maydon yaratish maqsadida Respublika fan va texnologiyalar kengashini tashkil etishni taklif qilgan, olimlar buni qollab-quvvatlagan edi.

Yigilishda mazkur kengashning asosiy vazifalari belgilab berildi. Jumladan, sohaga oid davlat dasturlarini shakllantirish va markazlashgan tartibda moliyalashtirish orqali ilm-fanni tubdan rivojlantirish, yuksak natijadorlikka yonaltirilgan ixtisosliklar boyicha milliy laboratoriyalar tizimini yaratish, ilmiy ishlanmalarni tijoratlashtirish, xalqaro reytinglarda mamlakat fani nufuzini kotarish boyicha topshiriqlar berildi.

Iqtisodiyotda yuqori samara beradigan va ijtimoiy masalalarni oqilona hal etishga qaratilgan yonalishlar belgilanib, ularni rivojlantirishga masullar biriktirildi.

Ozbekiston Milliy universiteti va Toshkent davlat texnika universiteti negizida ilmiy maktablar yaratish, nanotexnologiyalar, materialshunoslik, yarimotkazgichlar fizikasi, biofizika va bioximiya, biotexnologiyalar boyicha olimlar avlodini shakllantirish muhimligi takidlandi.

Shuningdek, olimlar bilan uchrashuvda tortta yonalish boyicha doimiy komissiyalar tuzishga kelishib olingan edi. Bu galgi yigilishda mazkur komissiyalarning vazifalari, komissiya azolarining ish tartibi va masuliyati belgilandi.

Birinchi komissiya ilmiy-tadqiqot muassasalari faoliyatini doimiy tahlil qilib, mavjud muammolarni bartaraf etishga amaliy yordam korsatadi.

Ikkinchi komissiya oliy talim muassasalaridagi oquv jarayoni hamda talim sifatini tahlil qiladi va unga baho beradi.

Uchinchi komissiya oliy oquv yurtlaridagi manaviy-marifiy ishlar, 5 ta tashabbusning amalga oshirilishini tahlil qiladi.

Tortinchi komissiya oliy talim va ilm-fan sohasida salmoqli yutuqlarga erishgan xorijdagi vatandoshlarni Ozbekistonda mutaxassisligi boyicha faoliyatga jalb qilish boyicha ish olib boradi.

Bu ishlardan asosiy maqsad mamlakatimizda inson kapitalini rivojlantirish. Xomashyo va uni qayta ishlash bilan uzoqqa borib bolmaydi. Qolaversa, ishlab chiqarishda qoshimcha qiymat olish uchun ham innovatsiyalar kerak. Shu bois ilm-fan taraqqiyotimizning muhim yonalishi, tayanchi boladi, dedi Shavkat Mirziyoyev.

Akademik olimlar, professor-oqituvchilarning ijtimoiy himoyasini kuchaytirish, talabalarga zamonaviy shart-sharoit yaratish, ular orasidan bolajak ilm-fan vakillarini topib, kamolga yetkazish zarurligi takidlandi.

Mamlakatda ilm-fanni rivojlantirishning ustuvor yonalishlarini aniq belgilab, ilmiy tadqiqotlarni moliyalashtirishning yangi tizimini joriy etish boyicha topshiriqlar berildi.



Manba: Daryo.uz
: admin (28-05-2019, 20:44)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 32) ( 0) ( 31) ( 1)
:
-
:
:
20 ... -