» » Deputat Rasul Kusherboyev: Adliya vazirligi mashina chiroqlari bo‘yicha deputatlarni ayblashi noo‘rin

Deputat Rasul Kusherboyev: Adliya vazirligi mashina chiroqlari bo‘yicha deputatlarni ayblashi noo‘rin


Oliy Majlis qonunchilik palatasi deputati Rasul Kusherboyev Adliya vazirligining avtomobillarda kunduz kuni chiroqlarni majburiy yoqib yurishga e’tiroz bildirgan deputatlar bo‘yicha munosabatiga o‘z fikrini bildirdi.

“Aslida Adliya vazirligi masalani boshqa tarafga burib yuborishga harakat qilgan – gap 2016-yilda yo‘l harakati qoidalari bo‘yicha ishlab chiqilgan qonun loyihasida emas, balki serquyosh O‘zbekistonda kunduz kuni avtomobil chiroqlarini majburiy yoqib yurishni bekor qilish haqida”, — deya yozadi deputat o‘zining Facebook’dagi sahifasida.

Shuningdek, deputat o‘sha qonun loyihasida gap faqatgina yo‘lovchi va yuk tashuvchi, mototransport vositalarining kunduz kuni chiroqlarini yoqib yurmaganligi uchun jarima haqida ketgani, hozir esa o‘sha qonun bahona hamma haydovchilar shunday qoidabuzarlik uchun jarimaga tortilayotganini ta’kidlagan.

Deputatning aytishicha, Adliya vazirligi bu o‘rinda fuqarolarning e’tirozlarini eshitish o‘rniga nimaiki yomonlik, odamlarning e’tiroziga sabab bo‘lgan hujjatlar bo‘lsa deputatlarni aybdor qilish bilan shug‘ullanmoqda. Shu bilan birga u Adliya vazirligi tomonidan yo‘l qo‘yilgan bir qancha xatolarni sanab o‘tgan.

U Adliya vazirligining bu munosabatini minglab o‘zbekistonliklar tomonidan e’tiroz bildirilgan masalaga vijdonan yondoshib, yo‘l harakati qoidalariga kiritilgan asossiz o‘zgartirishni oddiy aytganda “xalqning buyurtmasi”ga ko‘ra bekor qilish haqida fikr bildirayotgan deputatlarga nisbatan jamoatchilikda salbiy fikr paydo qilishga bo‘lgan urinish, degan xulosaga kelgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Adliya vazirligi kunduzi avtomobil chiroqlarini yoqib yurish bo‘yicha qoida aslida deputatlarning tashabbusi bo‘lib chiqqanini da’vo qilib, bunga o‘z munosabatini bildirganini xabar bergan edik.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-05-2019, 21:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 26) ( 0) ( 26) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют