» » Putin, Lukashenko va Jeenbekov Nazarboyev ordeni bilan mukofotlandi

Putin, Lukashenko va Jeenbekov Nazarboyev ordeni bilan mukofotlandi


Qozogiston prezidenti Qosim-Jomart Toqayev Rossiya, Belarus va Qirgiziston prezidentlarini Qozogiston birinchi prezidenti Elboshi Nursulton Nazarboyev ordeni bilan mukofotlash togrisidagi qarorni imzoladi, deb xabar qiladi Sputnik.

Qozogiston davlat mukofotlari Rossiya prezidenti Vladimir Putin, Belarus rahbari Aleksandr Lukashenko va Qirgiziston yetakchisi Sooronboy Jeenbekovga berildi.

Toqayev qarori imzolangan kundan boshlab kuchga kirdi.

Eslatib otamiz, 29-may kuni Nur-Sultonda Yevroosiyo ittifoqini tashkil etish togrisidagi bitim imzolanganiga besh yil tolishi munosabati bilan yigilish otkaziladi.

Tadbirda Elboshi Nursulton Nazarboyev, Qozogiston prezidenti Qosim-Jomart Toqayev, Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko, Qirgiziston prezidenti Sooronboy Jeenbekov, Rossiya prezidenti Vladimir Putin, Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan ishtirok etadi.

Shuningdek, yigilishda YeOIIda kuzatuvchi davlat sifatida Moldova prezidenti Igor Dodon, Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon va MDH ijroiya qomitasi raisi Sergey Lebedev faxriy mehmon sifatida qatnashadi.



Manba: Daryo.uz
: admin (28-05-2019, 23:29)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 3) ( 0) ( 3) ( 0)
:
-
:
:
-
20 ... -