» » Samara sudi choy va quyosh yordamida davolashni targ‘ib qilgan “Alloh-Oyat” diniy guruhini ekstremistik deb topdi

Samara sudi choy va quyosh yordamida davolashni targ‘ib qilgan “Alloh-Oyat” diniy guruhini ekstremistik deb topdi


Samara sudi prokuratura talabiga ko‘ra, choy va quyosh yordamida davolashni targ‘ib qiluvchi mahalliy “Alloh-Oyat” (“Elle-Ayat”) diniy guruhini ekstremistik deb topdi. Bu haqda mahalliy idora matbuot xizmatiga tayanib, TJournal xabar berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, tashkilot a’zolari odamlarni choyga sut va tuz qo‘shib ichilsa, shuningdek, quyosh energiyasidan foydalanilsa tibbiyot xodimlarining yordamisiz ham kasallikni yengish mumkinligiga ishontirib kelgan. Buning oqibatida og‘ir kasal bo‘lgan bir necha bemor vafot etgan. Shu sababli prokuratura mazkur tashkilotni aholi xavfsizligiga tahdid solishda ayblagan.

Shuningdek, nazorat idorasi “Alloh-Oyat” tashkiloti a’zolari o‘z yig‘ilishlari davomida 2013-yilda ekstremistik materiallar qatoriga kiritilgan jurnallarni targ‘ib qilgan. 2018-yili Samara viloyatida ushbu jurnallarni tarqatgan bir necha kishi jarimaga tortilgan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-05-2019, 09:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 61) ( 0) ( 60) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют