» » Dunyoning barcha sharob ishlab chiqaruvchi davlatlarida bo‘lgan ekspert O‘zbekistonga keldi

Dunyoning barcha sharob ishlab chiqaruvchi davlatlarida bo‘lgan ekspert O‘zbekistonga keldi


Dunyoning barcha sharob ishlab chiqaruvchi davlatlarida bo‘lgan Jan-Baptist Anselot O‘zbekistonga keldi. Bu haqda Turizmni rivojlantirish qo‘mitasi matbuot xizmati ma’lum qildi.

Wine Explorers kompaniyasi asoschisi tashrifi davomida mamlakat vinochilik tarixi va istiqbolli loyihalarini o‘rgandi. Jan-Baptist Anselot dunyoning 75 ta mamlakatida bo‘lib, 431 ta sharob ishlab chiqaruvchi zavod faoliyatini o‘rgangan hamda 4500 dan ortiq vino turlarini tatib ko‘rgan.

O‘zbekistonga tashrifini Jan-Baptist Anselot kompaniya rasmiy saytida quyidagicha izohlaydi:

— Uzumchilik va vinochilikni rivojlantirish agentligi direktori Otabek Mustafoyev bilan bo‘lgan uchrashuv juda yoqimli kechdi. Milliy libos — choponni kiyganimdan zavqlandim. O‘zbek oshxonasi timsoli — mazali palovdan bahramand bo‘ldim.

Wine Explorers asoschisi operator va fotosuratchi hamrohligida dunyo sharoblari haqida turli media (Wine Explorers, Figaro Wine, Bettane+Desseauve, IVR, The Drinks Business) uchun ko‘p sonli maqolalar yozgan. Loyihaga oid kitoblar, hujjatli lavhalar tayyorlaydi.

Qayd etish joizki, Wine Explorers vino ishlab chiqaruvchi mamlakatlarni ro‘yxatga oluvchi yagona ommaviy axborot kompaniyasi hisoblanadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-05-2019, 10:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 30) ( 0) ( 28) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют