» » Tashqi ishlar vazirligi Koreyadagi shifoxonada davolanayotgan o‘zbekistonlik haqida ma’lumot berdi

Tashqi ishlar vazirligi Koreyadagi shifoxonada davolanayotgan o‘zbekistonlik haqida ma’lumot berdi


Koreyadagi shifoxonda qolayotgan O‘zbekiston fuqarosi Abram Oqilovning sog‘ligi holati uni davolayotgan shifokorlar tomonidan “barqaror” deb baholanmoqda. Bu haqda O‘zbekistonning Seul shahridagi elchixonasi ma’lumotlariga asoslanib, TIV matbuot xizmati xabar berdi.

Ayni paytda bemorning oldida bo‘lib turgan onasi, akasi va singlisiga uni aravachada kasalxona hududida sayr qildirishga shifokorlar tomonidan ruxsat berildi.

Abram Oqilov O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligi orqali 2017-yilning noyabrida Janubiy Koreyaga kelgan va 2018-yilning 27-iyul kuni komaga tushib qolgan.

Elchixona, Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligi vakolatxonasi hamda advokatlarning birgalikdagi sa’y-harakatlari natijasida sug‘urta kompaniyasi Abram Oqilovning Janubiy Koreya kasalxonasida davolanishi bilan bog‘liq barcha xarajatlarni qoplash va uning mehnatga layoqatsiz bo‘lgan davri uchun kompensatsiya to‘lash to‘g‘risida qaror qabul qildi.

Diplomatik vakolatxona mazkur masalani nazoratga olgan va bemorga g‘amxo‘rlik qilayotgan qarindoshlari bilan doimiy muloqotda bo‘lib turibdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-05-2019, 10:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 94) ( 0) ( 93) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют