» » Hukumat mehmonxona xo‘jaligi faoliyatini yanada rivojlantirish bo‘yicha yangi qaror qabul qildi

Hukumat mehmonxona xo‘jaligi faoliyatini yanada rivojlantirish bo‘yicha yangi qaror qabul qildi


O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Mehmonxona xo‘jaligi faoliyatini yanada rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi. Bu haqda O‘zbekiston Bosh vaziri o‘rinbosari Aziz Abduhakimov Facebook’dagi sahifasida ma’lum qildi.

Ushbu qaror tadbirkorlik subyektlari tomonidan mehmonxonalar qurilishini rag‘batlantirish, turizm sohasida investitsiyaviy loyihalarni amalga oshirilishini jadallashtirish, taniqli va nufuzli xalqaro mehmonxona brendlarini mamlakatga faol jalb etish, respublikadaga umumiy mehmonxona xonalari sonini oshirishga qaratilgan vazifalarni huquqiy tartibga soladi.

Xususan, qarorda yangi mehmonxonani qurish va jihozlash uchun investorlarga subsidiya ajratish hamda tashkilotlarni franchayzing to‘g‘risidagi shartnoma asosida qisman moliyalashtirish uchun davlat budjetidan mablag‘ ajratish tartibi to‘g‘risidagi Nizom tasdiqlandi.

Nizom muvofiq talabgorlar (tadbirkorlar) uchun Davlat budjetidan kompensatsiya miqdori quyidagi hajmlarda o‘rnatilgan:

a) yangi mehmonxonani qurish va jihozlash uchun kelgusi yil Davlat budjeti parametrlarini tasdiqlash jarayonida ushbu miqdorni har yili indeksatsiya qilgan holda:

b) dunyoning taniqli va nufuzli mehmonxona brendlaridan

(“Brand Finance” reytngidagi TOP-50 ga kiruvchi mehmonxona brendlari yoki Turizmni rivojlantirish bo‘yicha muvofiqlashtiruvchi kengash tomonidan shakllantiriladigan ro‘yxat asosida) foydalanish bo‘yicha royalti franchayzing shartnomasi kuchga kirgan vaqtdan boshlab uch yil mobaynida quyidagi hajmda Davlat budjetidan moliyalashtiriladi:

Qaror bilan tasdiqlangan Nizom asosida Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi va Moliya vazirligi tomonidan tadbirkorlik subyektlariga yaqindan ko‘mak ko‘rsatish ishlari belgilangan tartibda amalga oshiriladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-05-2019, 12:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 93) ( 0) ( 92) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют