» » Caravan Group asoschisi Chelsea va Cinara‘s auksionga qo‘yilgani yuzasidan matbuot anjumani o‘tkazmoqchi

Caravan Group asoschisi Chelsea va Cinara‘s auksionga qo‘yilgani yuzasidan matbuot anjumani o‘tkazmoqchi


Caravan Group asoschisi Timur Musin matbuot anjumanini o‘tkazishga va’da berdi, deb xabar berdi Spot. Avvalroq unga qarashli ikkita bino (Chelsea pabi va Cinara’s restorani) Yakkasaroy tumani MIB tomonidan auksion savdolariga qo‘yilgan edi.

“Ertaga bu masalaga mas’ul bo‘lganlarning barchasini taklif qilaman va matbuot anjumanida sodir bo‘lgan butun jarayonlarni asoslab berishni so‘rayman. Shu bilan birga, rahbarlarning o‘z qo‘l ostidagilarga mas’uliyati, qonun va unga amal qilish bo‘yicha bilimlarni jamoatchilikka yetkazamiz”, — degan Musin o‘zining Facebook’dagi sahifasida.

Tadbirkorning yozishicha, hozirda O‘zbekistonda tadbirkorlikni bir sinf sifatida haqiqatan ham rivojlantirish istagida bo‘lgan Prezident va biznes o‘rtasida katta qatlam bor.

“Mana shu ishyoqmas qatlamni javobgarlikka tortamiz. Biz bu korrupsiyachilar, populistlar, ishyoqmaslar, diletantlar va boshqa shu kabi shaxslarni olib tashlamasak, mamlakatda hech narsa o‘zgarmaydi. Biz 25 yil davomida qo‘rqib yashashdan charchadik. Menimcha, endi haqiqat uchun ochiqchasiga kurashish mumkin!” — degan Musin.

U, shuningdek, hech qayerga ketmaganini, lekin endi restoranlarni mamlakat tashqarisida rivojlantirishini, chunki “bu yerda ish o‘rnini ham, sayyohlik infrastrukturasini yaratish kerak emas”ligini aytgan.

Timur Musin — mashhur poytaxtlik restoran boshqaruvchisi. M.V. Lomonosov nomidagi Moskva Davlat universitetining munitsipal va davlat boshqaruvi kafedrasini tamomlagan. Sotsiologiya fanlari nomzodi. Caravan Group restoranlar tizimining katta boshqaruvchi xodimi. O‘zbekiston Restoratorlar assotsiatsiyasi raisi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-05-2019, 12:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 92) ( 0) ( 92) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют