» » O‘zbekistonda daraxtlarni noqonuniy kesganlik uchun jarima miqdori oshirildi

O‘zbekistonda daraxtlarni noqonuniy kesganlik uchun jarima miqdori oshirildi


O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti “O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksiga hamda O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi qonunni imzoladi, deb xabar beradi “Xalq so‘zi online”.

Qonun bilan O‘zbekiston Respublikasining 1994-yil 22-sentabrda qabul qilingan 2015–XII-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga quyidagi o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritildi:

79-modda (Daraxtlar, butalar, boshqa o‘rmon o‘simliklari va nihollarni g‘ayriqonuniy ravishda kesish, shikastlantirish yoki yo‘q qilish):

birinchi qismining (Daraxtlar, butalarni, boshqa o‘rmon o‘simliklari va nihollarni g‘ayriqonuniy ravishda kesish, shikastlantirish yoki yo‘q qilish) sanksiyasidagi “uchdan bir qismidan bir baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa – bir baravaridan uch baravarigacha” degan so‘zlar “besh baravaridan o‘n baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa – o‘n baravaridan o‘n besh baravarigacha” degan so‘zlar bilan almashtirildi.

Shuningdek, ushbu modda ikkinchi qismining (Xuddi shunday huquqbuzarliklar ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bo‘lsa) sanksiyasidagi “bir baravaridan uch baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa – uch baravaridan yetti baravarigacha” degan so‘zlar “o‘n baravaridan o‘n besh baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa – o‘n besh baravaridan yigirma baravarigacha” degan so‘zlar bilan almashtirildi;

80-moddaning (O‘rmonlarni tiklash qoidalarini buzish) sanksiyasidagi “bir baravaridan uch baravarigacha” degan so‘zlar “o‘n baravaridan o‘n besh baravarigacha”degan so‘zlar bilan almashtirildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-05-2019, 13:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 111) ( 0) ( 109) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют