» » Lukaku “Manchester Yunayted”ni tark etadi

Lukaku “Manchester Yunayted”ni tark etadi


“Manchester Yunayted” hujumchisi Romelu Lukaku “Inter”ga o‘tishga yaqin turibdi, deya xabar berdi Football Italia.

26 yoshli hujumchi Italiya klubi bilan 5 yilga mo‘ljallangan shartnoma imzoladi. U bonuslardan tashqari yiliga 7,5 million yevro maosh oladi.

Avvalroq belgiyalik Joze Mourinyo davrida “Yunayted”dan ketish fikridan yiroq edi, biroq Ole-Gunnar Sulsher klub boshqaruviga kelgandan so‘ng uning fikri o‘zgardi.

Sulsher tarkib shakllantirayotganda Lukaku zaxirada qolib ketayotganligi sababli futbolchi o‘zini kamsitilgandek his qilmoqda.

Romelu yakuniga yetgan mavsum Premyer ligada 32 ta uchrashuv o‘tkazib, 12 ta gol urdi va 1 ta golli uzatma berdi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-05-2019, 16:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 100) ( 0) ( 98) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют