» » Sog‘liqni saqlash vazirligi aholiga jaziramadan saqlanish uchun tavsiyalar berdi

Sog‘liqni saqlash vazirligi aholiga jaziramadan saqlanish uchun tavsiyalar berdi


O‘zbekistonga jazirama yoz fasli kirib kelmoqda. Ma’lumki, bu faslda havo harorati keskin ko‘tarilib, inson salomatligiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Shunday vaziyatlarda insonlar salqin joyda hordiq chiqarishadi, oftob urmasligi uchun turli usullarni qo‘llay boshlaydi. Xo‘sh, issiq harorat ta’siridan qanday saqlanish, bu mavsumda qanday kiyinish va ovqatlanish lozim? Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi quyidagilarni ma’lum qildi.

Vaziyat nazoratda bo‘ladi

Yoz faslining boshlanishi, ayniqsa, eng issiq davr “chilla”ning kirib kelishi mamlakat aholisi uchun biroz noqulayliklarni keltirib chiqaradi. Boisi serquyosh o‘lkaning ayrim hududlarida havo harorati keskin ko‘tarilib, janubiy viloyatlarda +45, +50 darajagacha yetadi.

Aholi bunday anomal issiq kunlarida zarurat sezganda respublika Shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi, uning hududlardagi 13 ta filiali va 180 ga yaqin tuman va shahar bo‘limlari xamda 2460 ta tez tibbiy yordam brigadalari orqali tun-u kun tez, sifatli tibbiy yordam olishi mumkin. Mazkur davolash muassasalari malakali mutaxassislar va zarur dori-darmonlar bilan yetarli miqdorda to‘liq ta’minlangan. Bundan tashqari, ushbu holat yuzasidan Sog‘liqni saqlash vazirligining alohida nazorati tashkil etilgan. Qolaversa, har bir tuman va shahar tibbiyot birlashmalarida “Ishonch telefon”lari faoliyat ko‘rsatmoqda.

Avvalo boshni asrang!

Ta’kidlash joizki, jaziramaning bunday kunlarida, avvalo, boshni quyosh nuridan asrash muhim ahamiyatga ega. Chunki bosh miyadan katta arteriya, vena qon tomirlari o‘tgan bo‘lib, kunning issiq vaqtida bosh yalang yurganda bosh qizib, butun tanada issiq qon aylanib, insonlarni oftob urishiga olib kelishi mumkin. Buning oqibatida tana haroratining ko‘tarilishi, terining qizarishi, holdan toyish, nafas olish va puls tezlashishi, yurakning tez urishi, bosh og‘rishi, bosh aylanishi, ko‘ngil aynishi, qayt qilish, hushdan ketish kabi holatlar kuzatilishi mumkin.

Nima tanavvul qilgan ma’qul?

Tabiiyki, issiq kunlari ko‘p miqdorda suv ichish organizm faoliyatini yaxshi ishlashga va suv-tuz balansini me’yorlashtirishga yordam beradi. Ammo bunda organizmning suv tanqisligini to‘ldirish uchun gazlangan yoki nektar suv emas, aksincha, oddiy ichimlik suvini iste’mol qilish kerak.Shuningdek, issiq kunda yog‘li go‘sht mahsulotlar iste’molini kamaytirib, yengil hazm bo‘luvchi taomlar iste’molini ko‘paytirish maqsadga muvofiq. Qolaversa, meva va sabzavotlar ham organizmda yaxshi singib, ichki a’zolar faoliyatini normallashtirishga yordam beradi.

Yana shuni alohida ta’kidlash lozimki, yoz kunlarida hiyobon va ko‘cha yon atroflarida qo‘lbola usullarda tayyorlanib, iste’mol uchun chiqarilgan turli sharbat, ayron, go‘ja hamda shu turdagi mahsulotlarni xarid qilmagan ma’qul. Boisi kun davomida quyosh nuri tushib turgan hamda iste’molga yaroqlilik belgisi mavjud bo‘lmagan bu turdagi mahsulotlar salomatlik uchun o‘ta xavfli bo‘lib, turli noxush vaziyatlarni keltirib chiqarishi mumkin.

Qanday kiyinish kerak?

Yoz kunlari tabiiy matodan tikilgan, havoni yaxshi o‘tkazib, quyosh nurini qaytaradigan hamda keng tikilgan kiyimlarni tanlash maqsadga muvofiq. Chunki ular terini nafas olishiga imkon yaratadi hamda tana haroratining ko‘tarilib ketishiga to‘sqinlik qiladi. Qolaversa, jazirama kunda bosh kiyim kiyib yurish ham maqsadga muvofiq.

Tush paytida ko‘chaga chiqmang!

Ma’lumki, quyosh nuri 12:00 dan 16:00 gacha juda ham faol holatda bo‘ladi. Shuning uchun bu vaqt oralig‘ida ko‘chaga chiqmagan ma’qul. Ammo vaziyat kelib chiqib, shu vaqt oralig‘ida tashqariga chiqish to‘g‘ri kelsa, tananing ochiq joylarini quyosh nuridan saqlashga harakat qilish darkor.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-05-2019, 17:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 64) ( 0) ( 63) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют