» » “Niva” avtomobilining yaratuvchisi vafot etdi

“Niva” avtomobilining yaratuvchisi vafot etdi


“Niva” yo‘ltanlamasining yaratuvchisi Pyotr Prusov 75 yoshida vafot etdi. 1977-yildan boshlab ishlab chiqarila boshlangan afsonaviy yo‘ltanlamas VAZ-2121 qariyb 2,5 million nusxada sotildi. Bu haqda “RBK” ma’lum qildi.

Prusovning dafn marosimi 2017-yil 21-martda Rossiyaning Tolyatti shahrida bo‘lib o‘tadi.

VAZ-2121 ning dastlabki namunalari Tolyattida 1974 va 1975-yilda taqdim etilgan. Ural tog‘larida o‘tkazilgan sinovlardan so‘ng avtomobil konveyerda ishlab chiqarila boshlangan. “Niva”ning ommaviy ishlab chiqarilishi 1977-yil 5-aprelda boshlangan. Uning o‘zgartirilgan ko‘rinishlari bugungi kungacha ishlab chiqarilmoqda.

“Niva” avtomobili “Parij — Dakar”, “Fir’avn rallisi”, “Parij — Pekin” poygalarida ishtirok etib, sovrindor bo‘lgan. 1990-yilda “Niva” Antartikadagi “Bellinsgauzen” stansiyasiga olib borilgan va mashina stansiyada 12 yil xizmat qilgan. 1998-yilda ulov shimoliy qutbgacha, shuningdek, Everestning 5200 metr balandlikda joylashgan bazasigacha yetib borgan.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (20-03-2017, 15:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 127) ( 0) ( 124) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют