» » Namangandagi maktablarda avtosinflar tashkil etilmoqda (foto)

Namangandagi maktablarda avtosinflar tashkil etilmoqda (foto)


Namangan viloyatining Yangiqo‘rg‘on tumanidagi 22-maktabda maxsus avtosinf tashkil etildi. Bu haqda tuman hokimligi axborot xizmati ma’lum qildi.

Sinf devorlari yo‘l harakati qoidalariga oid banner, plakat va ko‘rsatkichlar bilan jihozlangan. Partalar ham shunga yarasha bezatilgan.

— Yo‘l harakati qoidalari bo‘yicha darslar 1-sinfda va keyinchalik 5-sinfdan 11-sinfgacha o‘tilmoqda. Ularda o‘zimizning tegishli tayyorgarlikka ega o‘qituvchilardan tashqari “Vatanparvar” tashkiloti va YHXB xodimlari ham ishtirok etib, o‘quvchilarga dastlabki tushunchalardan saboq bermoqda. Kelgusida maktabimizda avtodrom ham ishga tushirilishi rejalashtirilgan, — deydi maktab direktorining o‘rinbosari Irisbek Haydarov.

Ushbu sinf xonasi “Vatanparvar” tashkiloti tuman o‘quv, sport va texnika klubi tomonidan jihozlanib, o‘quvchilarga taqdim etildi. Klub rahbari Alijon Tojiboyevga ko‘ra, ushbu xona boshqa maktablar uchun andoza vazifasini bajaradi va kelgusida ularda ham shunday sinflar tashkil etiladi.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Namanganda maktab va bog‘chalarga yaqin joylarda sun’iy yo‘l notekisliklari, ta’lim muassasalarining o‘zida esa yo‘l harakati xavfsizligi maydonchalari tashkil etilayotgani ma’lum qilingandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-05-2019, 23:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 128) ( 0) ( 126) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют