» » Xorazmdagi maktabda yo‘l harakati qoidalarini o‘rgatish uchun maxsus sinf tashkil qilindi

Xorazmdagi maktabda yo‘l harakati qoidalarini o‘rgatish uchun maxsus sinf tashkil qilindi


Urganch shahridagi umumiy o‘rta ta’lim maktabida o‘quvchilarga yo‘l harakati qoidalarini o‘rgatish uchun maxsus o‘quv sinfi tashkil etildi. Bu haqda Xorazm viloyati IIB xodimi podpolkovnik Z.Ismoilov “Daryo”ga xabar berdi.

Mamlakatda yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash, yo‘l-transport hodisalarining oldini olish maqsadida bir qator tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.

Bundan bir oy ilgari Xorazm viloyati IIB va viloyat xalq ta’limi boshqarmasi tomonidan viloyat hududidagi maktablarda yo‘l harakati qoidalarini o‘rgatish maqsadida alohida sinf xonasini tashkil etish va uni ko‘rgazmali-metodik qo‘llanmalar bilan jihozlash yuzasidan qo‘shma reja ishlab chiqilgan edi.

Ana shu rejaga asosan Urganch shahridagi 2-son umumiy o‘rta ta’lim maktabida o‘quvchilarga yo‘l harakati qoidalarini o‘rgatish bo‘yicha ilk maxsus o‘quv xonasi tashkil etildi.

Xorazm viloyati IIB Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi mutaxassislarining metodologik tavsiyasi asosida yaratilgan ushbu o‘quv xonasida maktab o‘quvchilarining yo‘l harakati qoidalari bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini shakllantirish va mustahkamlash uchun zarur shart-sharoitlar yaratilgan.

Alohida e’tiborli tomoni shundaki, o‘quv mashg‘ulotlari asosan yo‘l harakati xavfsizligi xizmati xodimlari tomonidan olib boriladi.

2019-yil 30-aprel kuni mazkur ta’lim muassasasiga tashrif buyurgan Xorazm viloyati IIB boshlig‘i polkovnik Sh.N.Raxmonov yo‘l harakati qoidalari bo‘yicha ta’lim berish jarayonlari bilan tanishar ekan, o‘quvchilarga bu kabi yaratilayotgan shart-sharoitlardan oqilona foydalanish, yo‘l harakati madaniyatini bolalikdan egallash to‘g‘risida tavsiyalar berdi.

Xorazm viloyati IIB boshlig‘i tomonidan tashrif yakunida Urganch shahridagi 2-son umumiy o‘rta ta’lim maktabi o‘quvchilari o‘rtasida yo‘l harakati qoidalariga rioya qilinishini targ‘ib etishda faol ishtirok etib kelayotgan o‘quvchilardan bir guruhiga “Fahriy yorliq” va badiiy kitoblar, shuningdek, ushbu o‘quv xonasini tashkil etish va jihozlashda faollik ko‘rsatgan xalq ta’limi bo‘limi va mazkur maktabning mas’ul xodimlariga tashakkurnomalar topshirildi.

Bundan tashqari, maktab kutubxonasi fondi uchun ham badiiy kitoblar to‘plami taqdim qilindi.

Bu kabi maxsus sinf xonalarini viloyatdagi mavjud barcha umumiy o‘rta ta’lim maktablarida tashkil borasidagi ishlar izchillik bilan olib borilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-04-2019, 23:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 96) ( 0) ( 94) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют