» » Rossiya besh yil davomida Tojikistonga 122 million dollarlik qurol yetkazib berdi

Rossiya besh yil davomida Tojikistonga 122 million dollarlik qurol yetkazib berdi


Rossiya besh yil davomida Tojikiston qurolli kuchlariga 122 million dollarik qurol yetkazib berdi, deb xabar berdi “Asia Plus”.

Qayd etilishicha, Tojikiston Rossiya va terrorchilar faolligi jihatidan yer yuzidagi yana eng qizg‘in tus olgan Afg‘oniston o‘rtasida bufer zona hisoblanuvchi davlatlardan biridir. Aynan Afg‘onistonga Suriya va Iroqdan minglab terrorchilar ko‘chib kelgan.

“Tojikiston qurolli kuchlarini modernizatsiya qilish dasturining birinchi bosqichi 2014-yildan beri amalga oshirilmoqda. Bunda Rossiya vertolyot, zirhli texnika nomenklaturasi, artilleriyalar, qurol-yarog‘ va o‘q-dorilar yetkazib beradi. Umumiy hisobda yetkazib berish rejasidan qiymati 122 million dollar bo‘lgan narsalar yuborib bo‘lindi”, — degan Vorobev EXHT (Yevropa xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti) forumi yig‘ilishida.

Bundan tashqari, Rossiya Mudofaa vazirligi oliy ta’lim muassasalarida tojikistonlik harbiylarni o‘qitish davom etmoqda. Hozirda u yerda 586 kishi o‘qimoqda.

Rossiya mudofaa vaziri Sergey Shoygu 28-may kuni qisqa tashrif bilan Tojikistonga kelib, prezident Emomali Rahmon bilan muzokara o‘tkazgan edi. Unda tomonlar harbiy va harbiy-texnika va xavfsizlik sohasida hamkorlik masalasini muhokama qilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-05-2019, 03:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 78) ( 0) ( 75) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют