» » Kaliforniyadagi qo‘riqxonada puma 4 yoshli bolaga tashlandi

Kaliforniyadagi qo‘riqxonada puma 4 yoshli bolaga tashlandi


Kaliforniyaning yovvoyi tabiat xizmati vakillari 27-may kuni San-Diyego kanyonida to‘rt yoshli bolaga tashlangan pumani o‘ldirdi. Bu haqda Forum Daily xabar berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, bola safarga chiqqan yana 10 nafar odam bilan Kanyon Los-Penyaskitos qo‘riqxonasida ketayotganida puma to‘satdan hujum qilgan. Guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, bolaning otasi hayvonni o‘g‘lidan chalg‘itish maqsadida pumani tepib, unga tosh otgan. Hujumga aynan nima sabab bo‘lgani noaniqligicha qolmoqda.

Voqea joyiga Kaliforniya shtati Baliq va yovvoyi tabiat xo‘jaligi departamenti yetib kelgan. Puma odamlardan qo‘rqmagan va ofitserlardan biriga yaqinlashayotgan paytda o‘ldirilgan.

“Aftidan, puma odamlardan qo‘rqmagan. Bu pumalarga xos bo‘lmagan holatdir”, — degan departament vakili.

San-Diyego yong‘in-qutqaruv xizmati xodimlari hayot uchun xavfli bo‘lmagan jarohat olgan bolani kasalxonaga yetkazgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-05-2019, 03:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 33) ( 0) ( 33) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют