» » O‘zbekistonda tikuv-trikotaj mahsulotlari ishlab chiqarishga mo‘ljallangan majmualar yaratiladi

O‘zbekistonda tikuv-trikotaj mahsulotlari ishlab chiqarishga mo‘ljallangan majmualar yaratiladi


Respublika hududlarida tikuv-trikotaj mahsulotlari ishlab chiqarishni tashkil etish va aholi bandligini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida Prezident qarori qabul qilindi (PQ–4341, 28.05.2019-y.). Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Telegram’dagi “Huquqiy axborot” kanalida xabar qiladi.

Qarorga muvofiq, respublikada tikuv-trikotaj mahsulotlari ishlab chiqarishga mo‘ljallangan majmualar yaratiladi.

Mazkur majmualar “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasiga a’zo korxonalarga yoki tikuv-trikotajga ixtisoslashgan tadbirkorlarga 5 yilga, 10 foizdan oshmagan stavkada lizing asosida yoki sotib olish sharti bilan ijaraga beriladi.

Tijorat banklari majmualarda tikuv-trikotaj mahsulotlarini ishlab chiqarishni mablag‘ bilan ta’minlash uchun qisqa muddatli kreditlar ajratadi.

Shuningdek, majmualarda amalga oshiriladigan loyihalar 2022-yil 1-yanvargacha quyidagilardan ozod etildi:

- tayyor tikuv-trikotaj majmualari ijaraga berilgan kungacha foyda va mol-mulk solig‘idan;

- respublikada ishlab chiqarilmaydigan texnologik asbob-uskunalar, butlovchi buyumlar, qurilish materiallari uchun bojxona to‘lovlaridan.

“O‘zpaxtasanoat” AJga tarkibiga kiruvchi tikuv-trikotaj korxonalariga birja orqali paxtani sotib olish huquqi berildi.

Majmualarda amalga oshiriladigan loyihalar hisobidan jami 80 880 ta yangi ish o‘rni yaratiladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-05-2019, 06:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 29) ( 0) ( 29) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют