» » Jahon banki Ozbekistonda maktabgacha talim sohasini rivojlantirishga 73,85 million dollar ajratadi

Jahon banki Ozbekistonda maktabgacha talim sohasini rivojlantirishga 73,85 million dollar ajratadi


Jahon banki direktorlar kengashi Ozbekistonda maktabgacha talimni rivojlantirish va talimni yaxshilashga qaratilgan loyihani maqulladi. Bu haqda bankning Ozbekistondagi vakolatxonasi Daryoga malum qildi.

Bolalarni yoshlikdan rijovlantirishga komaklashish loyihasining jami qiymati 73,85 million dollarga baholangan bolib, uning 59,5 million dollari Xalqaro taraqqiyot assotsiatsiyasi kredit hisobidan, shuningdek, Talim sohasida xalqaro hamkorlik hamda Natijalarga asoslangan yondashuvlar uchun global hamkorlik tashkilotlari tomonidan 14,35 million dollar ajratiladi.

Ozbekistonda davlat tomonidan qaratilayotgan katta etiborga qaramasdan 2017-yili 3 yoshdan 7 yoshgacha bolgan bolalarning 29 foizigina maktabgacha talim muassasalariga qatnagan. Ushbu korsatkich boshqa davlatlarga nisbatan juda past hisoblanadi. Shuningdek, butun mamlakat boylab maktabgacha talim muassasalaridagi talim sifatini ham yaxshi deb bolmaydi. Xususan, tarbiyachilarning yetishmasligi, ularning aksariyati orta malumorga ega ekanligi kuzatilmoqda, deyiladi xabarda.

2024-yilda yakunlanishi kutilayotgan loyiha yuqoridagi korsatkichni 40 foizga yetkazishni kozda tutadi. Bir milliondan ortiq bola infratuzilmasi yaxshilangan, zamonaviy mebellar, oquv-uslubiy qollanmalar, oyinchoq va kompyuter texnikalari bilan jihozlangan maktabgacha talim muassasalariga qatnaydi.

Jahon banki Ozbekistonda 21 ta loyihani moliyalashtirish uchun jami 3,5 milliard dollardan ortiq mablag ajratadi, shuningdek, mamlakat hukumati uchun tahliliy va maslahat xizmatlarini taqdim etadi. Mazkur faoliyat makroiqtisodiy islohotlarni amalga oshirishga, qishloq xojaligi va suv resurslarini boshqarish tizimini takomillashtirishga, energetika, transport, sogliqni saqlash, talim, shahar iqtisodiyoti, suv taminoti va sanitariya sohalarini rivojlantirishga yordam beradi.



Manba: Daryo.uz
: admin (30-05-2019, 10:29)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 5) ( 0) ( 4) ( 1)
:
-
:
:
20 ... -