» » YuNISEF: O‘zbekistonda 70% bolalar maktabgacha ta’lim muassasalariga bormaydi

YuNISEF: O‘zbekistonda 70% bolalar maktabgacha ta’lim muassasalariga bormaydi


O‘zbekistonda 1,6 million nafar bola yoki maktab yoshigacha bo‘lgan bolalarning 70 foizi maktabgacha ta’lim muassasalariga jalb qilinmagan. Bu haqda BMT bolalar masalalari bo‘yicha bo‘limi YuNISEFning Toshkentdagi vakolatxonasiga tayanib “Gazeta.uz” ma’lumot beradi.

YuNISEF mutaxassislari tayyorlagan hisobot mualliflarining yozishlaricha, O‘zbekistonda yosh bolalarning MTMga yetarlicha jalb qilinmayotganining asosiy sababi joylarda bog‘chalar yetishmayotganidir.

Qolaversa, hali oldinda maktabgacha ta’lim muassasasi uchun malakali tarbiyachi kadrlar yetishmovchiligi ham bor.

YuNISEF o‘z hisobotida O‘zbekistonda bolalarni MTMga jalb etish darajasini ko‘tarish, MTMlar uchun malakali tarbiyachi kadrlarni ko‘paytirish bo‘yicha tavsiyalarini bergan.

“Maktabgacha ta’lim muassasalarida tarbiyalangan bolalar maktabgacha ta’lim muassasalariga bormagan bolalarga nisbatan aqliy va jismoniy jihatdan har taraflama rivojlangan bo‘ladi. Bu esa bolalarga maktab davrida bilim olishga, ulg‘ayganda hayotda munosib o‘rnini topishga yordam beradi”, — deyiladi hisobotda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-04-2019, 22:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 88) ( 0) ( 87) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют