» » O‘zbekistondagi barcha bolalar bog‘chalariga rivojlantiruvchi materiallar endi bepul taqdim etiladi

O‘zbekistondagi barcha bolalar bog‘chalariga rivojlantiruvchi materiallar endi bepul taqdim etiladi


O‘zbekistondagi barcha maktabgacha ta’lim muassasalariga bolalar ongini rivojlantiruvchi bosma materiallar endilikda bepul taqdim etiladi, deb yozadi O‘zA. O‘quv-uslubiy to‘plam tarkibiga husnixat daftarlari, mavzuga oid rejalashtirish bo‘yicha jurnallar, bolalarning turli yoshdagi guruhlari uchun kartochkalar va plakatlar kiradi.

O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligidan olingan ma’lumotlarga ko‘ra, poytaxt va boshqa hududlardagi maktabgacha ta’lim muassasalarini o‘zbek va rus tillaridagi bepul bosma materiallar bilan ta’minlash bo‘yicha keng ko‘lamli dastur boshlandi.

Loyihaga jalb etilgan investitsiyalar miqdori 8 milliard so‘mni tashkil etadi. Joriy yilning birgina yanvar oyi yakuniga qadar maktabgacha ta’lim muassasalariga 270 ming husnixat daftar, 18 ming kartochka to‘plami, 10 ming plakat yetkazib beriladi. Tarbiyachilarga bolalar bilan mashg‘ulotlarni tashkil etishi uchun mavzuga oid rejalashtirish bo‘yicha jurnallar ham taqdim etiladi.

Ishlab chiqarilgan bosma o‘quv qurollari mamlakatning barcha maktabgacha ta’lim muassasalariga yetkazib beriladi. Kartochkalar turli mavzulardagi 27 kichik to‘plamdan iborat. Shuningdek, plakatlar cholg‘u asboblari, yo‘l harakati qoidalari, kasblar, yil fasllari va boshqa ko‘plab mavzularga oiddir. Respublikaning har bir maktabgacha ta’lim muassasasi bola soni va sig‘imiga qarab ta’minlanadi. Bu esa guruhlar o‘rtasida kichik to‘plamlarning vaqti-vaqti bilan almashinishi sharti asosida bolalarni rivojlantiruvchi bosma o‘quv anjomlari bilan doimiy ta’minlashni talab etadi. Maktabgacha ta’lim muassasasining har bir 6 yoshli tarbiyalanuvchisi husnixatga ega bo‘ladi.

Shunisi ahamiyatliki, barcha o‘quv jihozlarining bepul berilayotganini ota-onalar ham bilishi lozim. Bu kabi sa’y-harakatlar farzandlarning barkamol bo‘lib ulg‘ayishi uchun sarmoya bo‘lsa, bir tomondan ota-onalarga yengillik ham beradi.

Birinchi navbatda, qishloq hududlaridagi maktabgacha ta’lim muassasalarini bosma materiallar bilan ta’minlash belgilangan.

Har bir maktabgacha ta’lim muassasasi rivojlantiruvchi to‘plamlarni olish jarayoni va tasdig‘ini Maktabgacha ta’lim vazirligining www.mdo.uz rasmiy sayti orqali nazorat qilib borishi mumkin.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-01-2019, 22:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 93) ( 0) ( 90) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют