» » O‘zbekistonning pedagogika oliy o‘quv yurtlarida maktabgacha ta’lim bo‘yicha bepul qayta tayyorlash kurslari ochildi

O‘zbekistonning pedagogika oliy o‘quv yurtlarida maktabgacha ta’lim bo‘yicha bepul qayta tayyorlash kurslari ochildi


O‘zbekistonning barcha viloyatlardagi pedagogika oliy o‘quv yurtlarida maktabgacha ta’lim bo‘yicha bepul qayta tayyorlash kurslari o‘z faoliyatini boshladi. Bu haqda “Daryo”ga Maktabgacha ta’lim vazirligi vakillari ma’lum qildi.

22-fevral kuni Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetida maktabgacha ta’lim muassasalarini yuqori malakali defektolog (logoped), amaliy psixologiya va maktabgacha ta’lim muassasasi tarbiyachisi qayta tayyorlov kurslariga qabul qilingan tinglovichlar uchun o‘quv mashg‘ulotlari boshlandi.

Ta’kidlash lozimki, universitetda o‘quv mashg‘ulotlari zamonaviy pedagogik, multimedia va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari hamda ilg‘or xorijiy tajribalardan keng foydalangan holda tashkil etilib, barcha auditoriyalar zamonoviy onlayn ma’ruzalar uskunalari bilan ta’minlangan.

Ma’lumot o‘rnida aytish lozimki, mazkur qayta tayyorlov kursiga Toshkent shahar Maktabgacha ta’lim bosh boshqarmasi tomonidan 816 nafar oliy ma’lumotli talabgorlar jalb etildi.

Shuningdek, respublikaning barcha viloyatlardagi universitet va pedagogika institutlari bazasida bog‘chalarning pedagog va nomutaxassis kadrlari uchun bepul qayta tayyorlash kurslari minglab tinglovchilarni qabul qildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-02-2018, 20:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 105) ( 0) ( 103) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют