» » O‘zbekiston bog‘chalarida 6 yoshli bolalar uchun sinov guruhlari tashkil etiladi

O‘zbekiston bog‘chalarida 6 yoshli bolalar uchun sinov guruhlari tashkil etiladi


27-avgust kuni Maktabgacha ta’lim vazirligi “2018–2019 o‘quv yilida maktabgacha ta’lim tizimini rivojlantirishining strategik ustuvorliklari – hammaboplik va sifat” birinchi yillik anjumanini o‘tkazdi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati “Daryo” ga ma’lum qildi.

Ushbu anjumanda tizimda joriy etilgan yangiliklar xususida ham so‘z bordi.

Bolalarni maktabga majburiy bepul bir yillik tayyorlashga bosqichma-bosqich o‘tish maqsadida qator MTMlarda joriy yil kuzida 6 yoshli tarbiyalanuvchilar uchun sinov guruhlari yo‘lga qo‘yiladi. Hozirda maktabgacha tayyorgarlikni tashkil etish uchun guruh xonalarini tayyorlash va malakali pedagogik kadrlarni qabul qilish ishlari amalga oshirilmoqda.

Maktabga tayyorlov guruhlari ikki smenada ishlaydi. Guruhda bolalar soni 30 tadan oshmaydi.

Shuningdek, konferensiya davomida maktabgacha ta’lim sifatini oshirish masalalari muhokama etildi. Taqdim etilgan Kichik va maktabgacha yoshdagi bolalarni rivojlantirishga davlat talablari va YUNISЕF xalqaro bolalar fondi bilan birgalikda xalqaro ekspertlar ishtirokida ishlab chiqilgan “Ilk qadam” davlat o‘quv dasturi kompetentlik yondashuvga asoslanadi va ilg‘or xorijiy tajribani o‘zida aks ettirib, shaxsning har tomonlama shakllanishi, bolada motivatsiyani rag‘batlantirishni, nafaqat tarbiyachi, balki ota-onalar ham foydalanadigan yutuqlar kartasini joriy qilishni nazarda tutadi.

“Maktabgacha ta’lim muassasasi – bu o‘ziga xos olam, unda bolalar, ota-onalar, tarbiyachilar va xodimlar manfaatlari to‘qnash keladi. Biz har bir maktabgacha ta’lim muassasasida bola o‘zini qulay, xavfsiz va manzur sezishi uchun uchun birgalikda barcha ishlarni amalga oshirishimiz lozim, toki bola u yerga quvonch bilan qatnasin”,– qayd etdi maktabgacha ta’lim vaziri Agrippina Shin.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-08-2018, 15:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 39) ( 0) ( 37) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют