» » Huawei kompaniyasi Ozbekistondagi diplomatik missiya vakillari uchun yangi texnologiyalar ustunliklarini namoyish qildi

Huawei kompaniyasi Ozbekistondagi diplomatik missiya vakillari uchun yangi texnologiyalar ustunliklarini namoyish qildi


Ozbekistondagi Huawei kompaniyasining innovatsion va integratsion yechimlar markazida yurtimizdagi diplomatik missiya vakillari uchun kompaniyaga tegishli yuqori texnologiyalar taqdimoti otkazildi. Tashrif davomida bir qator davlatlar elchilari aqlli qurilmalar, 5G, suniy intellekt (AI), bulutli texnologiyalar (Cloud), internet buyumlar (IOT) va xavfsiz shahar qurilishiga doir tizimlar bilan yaqindan tanishishdi.

Xitoyning Ozbekistondagi elchixonasi komagida yuqori martabali mehmonlar, Ozbekiston TIV va ShHT xalq diplomatiyasi Markazi vakillari ishtirokida davra suhbati tashkil qilinib, unda qatnashchilar Huawei kompaniyasining Ozbekistondagi faoliyati haqida ijobiy fikrlar bildirishdi, shuningdek, uni qollab-quvvatlagan holda global bozordagi chaqiriqlar bilan bogliq muammolarni hal etishda kompaniyaga muvaffaqiyatlar tilashdi.

Huawei kompaniyasi 5G texnologiyasini ishlab chiqish boyicha jahonda yetakchi hisoblanadi. Bugungi kunga qadar 5G uskunalarni yetkazib berish borasida jahon boylab 40 dan ziyod shartnomalar tuzilgan bolib, 70 000 dan ortiq baza stansiyalari mijozlarga jonatilgan. Ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlanmalariga sarflangan uzoq muddatli sarmoyalar beshinchi avlod tarmoqlarini rivojlantirish boyicha kompaniyaga oldinga chiqish imkoniyatini berdi. Songgi on yil ichida Huawei kompaniyasining ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlanmalariga sarflagan xarajatlari 70 mlrd. AQSh dollaridan ortib ketdi. 2018-yilda Huawei Butunjahon intellektual mulk tashkilotiga (BIMT) 5 405 ta patent arizalarini topshirib, dunyo reytingida birinchi orinni egalladi.

Xitoyning ilgor xususiy kompaniyasi sifatida Huawei kop yillar mobaynida texnologik innovatsiyalarga jiddiy etibor qaratdi va 5G sohasida sezilarli natijalarga erishdi. Huawei kompaniyasining jadal taraqqiyoti bu globalizatsiya sharoitlarida barcha mamlakatlarning ozaro manfaatli hamkorligi natijasidir. Ozbekiston bozoriga kirgandan keyin Huawei koplab ish joylarini yaratish va bir qator yuqori malakali kadrlarni tayyorlash orqali telekommunikatsion sektor rivojiga hissa qoshib kelmoqda. Kompaniya mahsulotlari mahalliy aholi ortasida anchagina ommabop. Otgan oyda Xitoyga amalga oshirgan davlat tashrifi chogida Prezident Shavkat Mirziyoyev Pekin shahridagi Huawei ilmiy-tadqiqot markazida boldi. Ushbu voqea Ozbekistonda kompaniya faoliyatiga berilayotgan yuksak baho va etirofdan dalolat beradi, dedi Xitoyning Ozbekistondagi elchisi Szyan Yan xonim.

Bugun biz dostona mamlakatlarning hurmatli elchilarini Ozbekistondagi Huawei ofisiga kompaniyaning mamlakatdagi faoliyati, shu bilan birga, uning jahondagi 5G yonalishida erishgan yutuqlari bilan tanishish uchun taklif qildik. Bizning uchrashuv Ozbekistonda Ozbekiston manfaatlari uchun shiori ostida otkazildi. Huawei kompaniyasi 19 yildan ziyod vaqt davomida mamlakat hududida muayyan xizmatlarni korsatib keladi hamda yosh istedodlarni yuksaltirish va talim islohotlarini qollab-quvvatlash singari ijtimoiy jihatdan ahamiyatga ega bolgan loyihalarga alohida etibor qaratadi. Xuddi shunday faoliyatni biz diplomatik vakili bugun bu yerga taklif qilingan har bitta mamlakatda olib boramiz. Biz mehmonlarga ajratilgan etibor va biz uchun aytilgan qollov sozlari uchun minnatdormiz. Huawei kompaniyasi ham Ozbekistonda, ham global bozorda yuqori texnologik yechimlarni taqdim qilishda davom etadi, deb takidladi Ozbekistondagi Huawei kompaniyasining direktori Lyu Szyasin.

Ozbekistonda Ozbekiston manfaatlari uchun chaqirigi doirasida Huawei kompaniyasi qulay ekotizimni yatatish maqsadida xususiy sektordagi barcha korxonalar, davlat organlari va mamlakatdagi diplomatik missiya vakillari bilan hamkorlik qilishga tayyorligini bildiradi. Huawei kompaniyasining innovatsion va integratsion yechimlari markazi ikki kun davomida Ozbekistondagi 23 ta diplomatik missiya vakillarini qabul qildi.

Reklama huquqi asosida.



Manba: Daryo.uz
: admin (30-05-2019, 13:44)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 34) ( 0) ( 32) ( 2)
:
-
:
20 ... -