» » Axborot texnologiyalari vaziri Huawei kompaniyasining O‘zbekistondagi bosh direktorini qabul qildi

Axborot texnologiyalari vaziri Huawei kompaniyasining O‘zbekistondagi bosh direktorini qabul qildi


11-fevral kuni Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Shuhrat Sodiqov Huawei kompaniyasining O‘zbekistondagi yangi tayinlangan bosh direktori Lyu Szyasinni qabul qildi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Vazir xitoylik mehmonni qutlar ekan, Huawei kompaniyasining O‘zbekistondagi ko‘p yillik faoliyati hamda respublikada telekommunikatsiya texnologiyalarining rivojlanishida kompaniyaning sezilarli hissa qo‘shishini e’tirof etdi.

O‘z navbatida, Huawei kompaniyasining O‘zbekistondagi bosh direktori Lyu Szyasin yuqori texnologiyalar sohasidagi ustuvor investitsiyaviy loyihalarni amalga oshirishda kompaniyaning O‘zbekiston tomoni bilan munosabatlarni mustahkamlash va rivojlantirishga tayyor ekanini bildirdi.

Suhbat davomida Xitoy investitsiyalarini jalb qilgan holda, O‘zbekistonda AKTni rivojlantirish doirasida yaqin istiqbolda vazirlik o‘z oldiga qo‘ygan ustuvor ahamiyatga molik masalalar ko‘rib chiqildi. Jumladan, “Xavfsiz shahar” investitsiyaviy loyihasini amalga oshirish doirasida hamkorlik munosabatlarini rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi.

Tomonlar mazkur yo‘nalishda o‘zaro manfaatli hamkorlik qilish va ikki tomonlama hamkorlik yuzasidan kelgusida amalga oshiriladigan ishlarni muhokama etishga tayyor ekanligini bildirdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-02-2019, 18:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 100) ( 0) ( 99) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют