» » O‘zbekiston AKT vaziri Nokia rahbariyati bilan uchrashdi

O‘zbekiston AKT vaziri Nokia rahbariyati bilan uchrashdi


O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Azim Ahmadxo‘jayev Nokia kompaniyasining bosh ijrochi vitse-prezidenti, kompaniyaning Yevropadagi rahbari hamda Digital Europe kompaniyasi prezidenti Markus Byorxert bilan uchrashdi. Bu haqda vazirlik axborot xizmati xabar berdi.

Uchrashuvda telekommunikatsiya va axborot texnologiyalari yo‘nalishida istiqbolda turgan hamkorlik masalalari yaqindan muhokama qilindi. Jumladan, kadrlar malakasini oshirish, yangi telekommunikatsiya texnologiyalari va xizmatlarini joriy qilish bo‘yicha loyihalarga e’tibor qaratildi.

Jahonning uzoq yillik tajriba va tarixga ega kompaniyasi hisoblangan Nokia kompaniyasi 150 yildan buyon faoliyat ko‘rsatib kelmoqda. Bugungi kunda u mobil, simli va keng polosali telekommunikatsiya tarmoqlari uchun uskunalar, IT-yechimlar ishlab chiqarishda xalqaro miqyosda tan olingan ekspert hisoblanadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-05-2018, 10:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 67) ( 0) ( 65) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют