» » O‘zbekiston AKT vaziri afg‘onistonlik hamkasbini qabul qildi

O‘zbekiston AKT vaziri afg‘onistonlik hamkasbini qabul qildi


Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Azim Ahmadxo‘jayev Afg‘oniston kommunikatsiya va axborot texnologiyalari vaziri Shahzod Gul Arobiy va “Afg‘on Telekom” kompaniyasi rahbari Ajmal Ayanni qabul qildi. Bu haqda vazirlik axborot xizmati xabar bermoqda.

Telekommunikatsiya va axborot texnologiyalari sohasida ikki tomonlama hamkorlikni kengaytirish, yuqori tezlikdagi tranzit aloqa kanallarini tashkil qilish, ikki davlat tarmoq operatorlari o‘rtasidagi xalqaro telefon trafik sig‘imini kattalashtirish, xalqaro internet tarmog‘iga yuqori tezlikda ulanishni tashkil qilish, AKT sohasida kadrlar tayyorlash masalalari uchrashuvning diqqat-markazida bo‘ldi.

Qayd etilganidek, ushbu loyihalar nafaqat aloqa, balki boshqa yo‘nalishlarda ham mintaqaviy hamkorlikning kengayishiga xizmat qiladi.

Mazkur uchrashuv yakunida tomonlar istiqboldagi hamkorlik bo‘yicha zarur me’yoriy hujjatlarni imzolashga kelishib oldi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-04-2018, 13:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 109) ( 0) ( 108) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют