» » O‘zbekiston va Afg‘oniston AKT vazirliklari o‘rtasida memorandum imzolandi

O‘zbekiston va Afg‘oniston AKT vazirliklari o‘rtasida memorandum imzolandi


O‘zbekiston va Afg‘oniston AKT vazirliklari o‘rtasida memorandum imzolandi. Bu haqda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi matbuot xizmati “Daryo”ga ma’lum qildi.

2018-yilning 2-aprelida O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Azim Ahmadxo‘jayev Afg‘oniston kommunikatsiya va axborot texnologiyalari vaziri Shahzod Gul Aryobini qabul qilgan edi.

Unda telekommunikatsiya va axborot texnologiyalari sohasida ikki tomonlama hamkorlikni kengaytirish, jumladan yuqori tezlikdagi tranzit aloqa kanallarini tashkil qilish, ikki davlat tarmoq operatorlari o‘rtasidagi xalqaro telefon trafik sig‘imini kattalashtirish, xalqaro internet tarmog‘iga yuqori tezlikda ulanishni tashkil qilish, AKT sohasida kadrlar tayyorlash kabi yangi yo‘nalishlarda loyihalarni amalga oshirish istiqbollari muhokama qilindi.

Muzokaralarning mantiqiy davomi sifatida 3-aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Azim Ahmadxo‘jayev hamda Afg‘oniston Islom Respublikasining Kommunikatsiya va axborot texnologiyalari vaziri Shahzod Gul Aryobi ikkala mamlakat o‘rtasida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish yo‘nalishida hamkorlikni mustahkamlashga qaratilgan “Strategik hamkorlik bo‘yicha anglashuv Memorandumi”ni imzoladi.

Mazkur hujjatdan ko‘zlangan bosh maqsad ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish hamda telekommunikatsiya, axborot texnologiyalari va pochta xizmatlarini ko‘rsatishda tajriba almashish, aloqalarni kengaytirishdan iborat. Memorandumda, shuningdek AKT sohasida texnik yordam ko‘rsatish masalasi ham ko‘zda tutilgan.

Anglashuv memorandumi asosida tomonlar hamkorlikka oid me’yoriy-huquqiy bazani takomillashtiradi, o‘zaro daxldor bo‘lgan telekommunikatsiya va aloqa tarmoqlari hamda pochta aloqasi infratuzilmasini maqbullashtirish choralarini ko‘radi. Xususan, Markaziy Osiyoga O‘zbekiston orqali o‘tadigan pochta tranzitining faoliyati ta’minlanadi.

Shu bilan birga, tomonlar AKT sohasining turli yo‘nalishlarida raqobatbardoshlilikni oshirish, “elektron hukumat” yo‘nalishida hamkorlik qilishni kelishib oldi.

Shuningdek, muzokaralar asosida “O‘zbektelekom” AK hamda Afghan Telecom Corporation o‘rtasida ham “Strategik hamkorlik bo‘yicha anglashuv Memorandumi” imzolandi. Telekommunikatsiya sohasining iqtisodiy yuksalishdagi o‘rni hisobga olinib, tomonlar telekommunikatsiya yo‘nalishida o‘zaro xizmat ko‘rsatishni yo‘lga qo‘yishga kelishib oldi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-04-2018, 16:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 17) ( 0) ( 17) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют