» » O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalarida 2019—2020-o‘quv yilidan yangi ta’lim yo‘nalishlari ochiladi

O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalarida 2019—2020-o‘quv yilidan yangi ta’lim yo‘nalishlari ochiladi


Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan O‘zbekiston milliy matbuot markazida “Tibbiy ta’limdagi islohotlar — tibbiyot sohasining taraqqiyot mezonlaridan biri” mavzusidagi navbatdagi matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati “Daryo”ga xabar berdi.

Unda qayd etilganidek, Prezidentning 2019-yil 6-maydagi “Tibbiyot va farmatsevtika ta’limi va ilm-fani tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori tibbiy ta’lim tizimini yangi bosqichga ko‘tarish, sohada yechimini kutayotgan ustuvor vazifalarni ijro etishda muhim huquqiy asos bo‘ldi.

Ushbu hujjat bilan tibbiyot oliy ta’lim muassasalarida 2019—2020-o‘quv yilidan klinik psixologiya, biotibbiyot muhandisligi, dori vositalarini standartlash, sertifikatlash va sifat menejmenti kabi bir qator yangi ta’lim yo‘nalishlari ochiladi. Shuningdek, endilikda tibbiyot kollejlarida ham o‘qitish muddalarni 3 yildan 2 yilga qisqartirilib, feldsher-laboratoriya ishi, feldsherlik ishi va tibbiy-ijtimoiy ishi kabi yangi ta’lim yo‘nalishlarida malakali o‘rta tibbiyot kadrlar tayyorlanadi.

2019—2020-o‘quv yilidan boshlab respublikaning tibbiyot oliy ta’lim muassasasalari va filiallarida Rossiya, Germaniya, Koreya Respublikasi, Turkiya, Hindiston kabi xorijiy davlatlarning 20 dan ortiq bakalavriat, magistratura va klinik ordinatura mutaxassisliklari bo‘yicha qo‘shma dastur asosida xalqaro fakultetlar va yangi o‘quv yilidan Rossiyaning N.I. Priogova nomidagi Rossiya tibbiyot universiteti filialini etishi rejalashtirilgan. Bundan tashqari, Akfa universiteti hamda Aju universitetlari ham tashkil etildi.

Yana bir e’tiborli tomoni, joriy yil davomi 500 nafardan ortiq mutaxassislar chet elga malaka oshirishga yuborish va 400 nafardan ortiq xorijlik mutaxassislar tomonidan yurtimizda mahorat darslari va operatsiyalar tashkil etish bo‘yicha ishlar olib borilayapti.

So‘nggi bir yarim yil ichida tibbiyot oliy ta’lim muassasalari va ixtisoslashtirilgan markazlarda tashkil etilgan 10 ta ilmiy qengashlarda 173 dan ortiq himoya kilinib, shundan 107 nafari tibbiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) va 66 nafari tibbiyot fanlari doktori (Dsc) bo‘ldi.

Bundan tashqari, 2019 – 2022-yillarda Toshkent vrachlar malakasini oshirish instituti va tibbiyot oliy ta’lim muassasalarida bosqichma-bosqich o‘quv-simulyatsion markazlar tashkil etish hamda 2020-yildan boshlab, har yili tibbiyot oliy ta’lim muassasalari talabalari va tibbiyot kollejlarining o‘quvchilari orasida klinik fanlar bo‘yicha Ibn Sino nomidagi xalqaro tibbiyot olimpiadalari, shuningdek, yosh olimlar orasida Ibn Sino nomidagi xalqaro ilmiy tanlovlar o‘tkazilishi yoshlar uchun katta imkoniyat bo‘ldi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-05-2019, 14:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 90) ( 0) ( 87) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют