» » Farg‘onada tanasidan 11 ta igna olib tashlangan Azizbekning holidan xabar olindi

Farg‘onada tanasidan 11 ta igna olib tashlangan Azizbekning holidan xabar olindi


O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senati a’zosi K.Kavlonova Farg‘onaning Toshloq tumani “Mehnatobod” mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi Azimjon Xudoyberdiyevlar oilasida bo‘ldi. Hozir Azizbek 2 yosh-u 3 oylik, uning ahvoli qoniqarli, doimiy ravishda mutaxassislar nazoratida, deb yozmoqda O‘zA. Katta dard bilan olishgan bu bolani mahalladagilar “O‘lmasbek”, “Xislatbek” deb atashadi.

– Bu chaqaloqning tanasidagi ignalar haqida ijtimoiiy tarmoqlarda turli mish-mishlar va shov-shuvlar keng tarqaldi, – deydi K. Kavlonova. – Huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan tergov harakatlari olib borilib, bu qasddan qilinmaganligi, jinoyat alomati topilmaganligi ma’lum bo‘ldi. Ehtiyotsizlik oqibatida ignalarni chaqaloqning o‘zi yutgan. Shuning uchun ham ayollarimiz bola tarbiyasiga hech qachon e’tiborsiz bo‘lmasliklari kerak.

Go‘dakning tanasida qolgan yana 4 dona ignani ham olib tashlash rejalashtirilmoqda. Ignalarning ikkitasi bo‘yinning 5-,6-,7- umurtqalari to‘g‘risida, bittasi 3- va 4- ko‘krak umurtqalari ro‘parasida yana bittasi 1- va 2- qovurg‘alar orasida joylashgan.

– Bir yil bo‘lyapti yangi uyga ko‘chib o‘tdik, – deydi Azizbekning onasi Shohsanam. – Bolamiz bilan ovora bo‘lib, uyimizning qurilishi ham chala qolgandi. Tuman hokimligi va sektor rahbarlari bizga bu borada madad qo‘lini cho‘zdi. Eshik va romlar o‘rnatish, suvoq, asfalt yotqizish ishlarida yordam berdi. Hatto issiqxona ham qurib berishdi, hozir bu yerda bodringlar pishdi. Uni sotib, ro‘zg‘orimizni tebratmoqdamiz. Mahalla bolamga nafaqa puli beryapti. O‘g‘lim Azizbekning injiqliklari ham ancha kamaydi. Yaqinda Toshkentga tibbiy ko‘rikka borib keldik. Biroz harakatga kelib olgandan so‘ng, navbatdagi jarrohlik amaliyoti amalga oshirilar ekan.

Komilaxonning aytishicha, bu oilaga tuman hokimligi tomonidan doimo amaliy yordam ko‘rsatib kelinmoqda. Oila boshlig‘i Azimjon Xudoyberdiyev shu yerdagi fermer xo‘jaligida mehnat qilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-05-2019, 17:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 76) ( 0) ( 76) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют