» » Tanasidan 15 ta igna topilgan 11 oylik go‘dak hayotiga suiqasd qilinganmi?

Tanasidan 15 ta igna topilgan 11 oylik go‘dak hayotiga suiqasd qilinganmi?


Ayni paytda tanasida 16 ta igna va sim bo‘laklari topilgan o‘n bir oylik chaqaloq haqidagi xabar ijtimoiy tarmoqlarda turli muhokamalarga sabab bo‘lmoqda. “Xalq so‘zi” gazetasi muxbiri “Go‘dakning umumiy ahvoli qanday?”, “Bu mudhish jinoyat kim tomonidan sodir etilgan?” kabi savollarga javob olish maqsadida bir qator idoralarga murojaat qildi.

“Farg‘ona viloyati prokuraturasi maxsus xabarnomasida ta’kidlanishicha, mazkur holat yuzasidan Toshloq tumani prokuraturasi hamda tuman ichki ishlar bo‘limi xodimlaridan iborat tezkor tergov guruhi tomonidan tergovga qadar tekshirishlar olib borilgan. Natijaga ko‘ra, to‘plangan dalillar va ish holatlaridan kelib chiqib Azizbek Abdumajidovning tanasida aniqlangan ignalar va sim bo‘lagini uning tanasiga yaqin qarindoshlari yoki boshqa shaxslar tomonidan tashqi kuch ta’siri ostida kiritilgan bo‘lishi mumkinligi haqidagi taxminni bir qator tergov harakatlari o‘tkazish orqali, ya’ni chuqur tekshirmasdan turib haqiqatni aniqlab bo‘lmasligi oydinlashdi”, — deyiladi xabarda.

Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Chaqaloq tanasidagi ignalar og‘iz bo‘shlig‘i orqali yaqinlarining ehtiyotsizligi natijasida tanasiga kirib qolganmi yoki haqiqatan ham chaqaloq hayotiga suiqasd qilinganmi? Bunga tergovning yakuniy natijasi orqali baho beriladi.

Azizbekning tanasiga bu qadar ozor yetkazish sabablariga tez kunlarda oydinlik kiritiladi, albatta. Hammani larzaga solgan mudhish voqelik qasddan sodir etilgan bo‘lsa, jinoyatchiga jazo muqarrar.

G‘ayratjon Muhammadiyev, viloyat prokuraturasi bo‘lim boshlig‘i

Sog‘liqni saqlash vazirligidan “Daryo”ga xabar berishlaricha, ayni paytda shoshilinch tibbiy yordam ko‘rsatish ilmiy markazi Farg‘ona viloyati filialida davolanayotgan Azizbek Abdumajidovning  ahvoli o‘ta og‘irligicha qolmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-01-2018, 18:45)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 107) ( 0) ( 105) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют