» » Yagona maktab formasi uchun mato: ishlab chiqaruvchi korxona bilan tanishamiz

Yagona maktab formasi uchun mato: ishlab chiqaruvchi korxona bilan tanishamiz


2018-yil 15-avgust kuni Vazirlar Mahkamasining “Davlat umumiy o‘rta ta’lim muassasalari o‘quvchilarini zamonaviy yagona maktab formasi bilan ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori e’lon qilingan edi.

Shunga muvofiq O‘zbekistonning eng yirik to‘qimachilik mahsulotlari ishlab chiqaruvchi “Bahmal Group” tesktil kompaniyasi ham 2019/2020 o‘quv yillari uchun maktablarga forma ishlab chiqaruvchi korxonalar safiga kirdi. Xo‘sh, ta’lim sohasida yangilik sanalgan voqelik: yagona maktab formasini ishlab chiqaruvchilaridan biri haqida nimalarni bilamiz?

2005-yilda tashkil topgan, o‘z tarkibiga 10 ta yirik tekstil korxonalarini biriktirgan “Bahmal Group” kompaniyasida 1500 nafarga yaqin ishchi-mutaxassislar mehnat qiladi. Kompaniya paxta tolasidan iborat ip-kalavadan xom bo‘z mahsulotlarini to‘qish, ularga ishlov berib, gulli gazlamar, bo‘yalgan matolar ishlab chiqarish bilan shug‘ullanadi. Paxtadan foydalangan holda dastro‘molchalar, choyshablar, oshxona to‘plamlari va boshqa turdagi tayyor mahsulotlar yetkazib beradi. Sifatning yuqoriligi tufayli ichki va tashqi bozorda talab birdek baland. Kompaniya ipak tolasini ham ishlab chiqarib, 100% eksport qiladi.

2017-yilda korxona Italiyaning Reggiani kompaniyasining zamonaviy va yuqori texnologiyali raqamli gul bosish mashinasi asosida matolar ishlab chiqarishni boshladi. Ayni paytda bosma va bo‘yalgan matolar uchun korxonaning quvvati yiliga 45 million metrni tashkil etadi. Kompaniya nafaqat O‘zbekistonda, balki Rossiya, Polsha, Chexiya, Estoniya va Markaziy Osiyo mamlakatlari orasida ham tanilgan. Malakali xodimlar, zamonaviy uskunalar, qat’iy sifat nazorati talabgir matolar ishlab chiqarish imkonini beradi.

Bugungi kunda kompaniyada maktab formasini ishlab chiqarish bo‘yicha jadal sur’atlarda ish olib borilmoqda. Turkiyalik mutaxassislardan iborat jamoa aynan shu maqsadda mehnatga jalb etilgan bo‘lib, hozirda maktab formasi uchun matolar hamkorlar ixtiyoriga birin ketin topshirilyapdi.

Maktab formasi uchun matolarni ishlab chiqarish jarayonlari va tayyor mahsulotni sifat nazorati bo‘limi vakillari laboratoriya uskunalari yordamida standartlarga mos yoki yo‘qligiga tekshiradi. Yuvishga chidamlilik, mato qisqarishi va boshqa ko‘plab parametrlar doirasida laboratoriya tekshiruvlari bo‘lib o‘tgandan so‘ng, standartga mos mahsulotlar mijozlarga yetkaziladi.

220100 O‘zbekiston Respublikasi, Xorazm viloyati, Urganch sh., V.Fayazov ko‘chasi, 1-а uy

Telefon/Faks: +998 62 229 48 75 (112)

Email: marketing@bahmal.uz

Website: www.bahmal.uz

Telegram: https://t.me/bahmal_group

Facebook: @bahmalgroup

Instagram: @bahmal.group

Twitter: @bahmalg

Youtube kanali: https://www.youtube.com/channel/UCErYgMJKAQzj4YkpLthgk6w

Reklama huquqi asosida



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-05-2019, 18:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 62) ( 0) ( 61) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют