» » “O‘zbekkonsert” Jahongir Otajonov litsenziyasi muddati tugaganini va 76 mln so‘m to‘lashi lozimligini ma’lum qildi

“O‘zbekkonsert” Jahongir Otajonov litsenziyasi muddati tugaganini va 76 mln so‘m to‘lashi lozimligini ma’lum qildi


Jahongir Otajonov 29—30-may kunlari o‘zining Instagram’dagi sahifasida “O‘zbekkonsert” tomonidan litsenziyasi borasida muammo bo‘layotganini iddao qilib, asossiz ravishda bir tomonlama murojaat qoldirmoqda.

Tashkilotning “Xalq so‘zi online”ga ma’lum qilishicha, bu borada “O‘zbekkonsert” Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 9-dekabrdagi Qaroriga asosan, uning litsenziyasi amal qilish muddati 2019-yilning 28-may kuni tugagan.

Shu sababli reytingning 2-guruhi bo‘yicha davlat budjetiga yillik 19 867 540 so‘m miqdoridagi davlat boji to‘lovlarini hamda xonandaning ijodiy guruh a’zolariga, ya’ni sozandalariga (jami 7 nafar) litsenziyalari uchun har biriga alohida yillik 8 109 200 so‘mdan jami 76 631 940 so‘m miqdoridagi to‘lovlarni (ushbu to‘lov summasi sozandalar sonidan kelib chiqib o‘zgarishi mumkin) 3 kun muddat ichida to‘lashi kerakligini ma’lum qilgan.

Shundan so‘ng uning faoliyati yana qonuniy ravishda davom etaveradi, aks holda uning konsert dasturlari bekor qilinadi.

Qayd etilishicha, xonandalar Jahongir Otajonov va Abdulla Qurbonovlar borasida yuzaga kelgan vaziyat xonanda Abdulla Qurbonovning safardan qaytishi bilan belgilangan tartibda ko‘rib chiqiladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-05-2019, 19:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 90) ( 0) ( 89) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют