» » Samarqandda uch egizaklarga yetarlicha moddiy yordam ko‘rsatilmayotgani tanqid qilindi

Samarqandda uch egizaklarga yetarlicha moddiy yordam ko‘rsatilmayotgani tanqid qilindi


Shu yilning o‘zida ZarNews tahririyatiga Past Darg‘om hamda Samarqand tumanlaridan bir xil mazmundagi ikkita maktub keldi. Ikkala xatda muammolari  oilasida uch egizak tug‘ilgani, ularga davlat tomonidan yordam berilmasa, bolalarni katta qilish qiyin kechayotganini bayon etgan. Bu haqda ZarNews xabar berdi.

Xabarda aytilishicha, chaqaloqlarni sog‘lom katta qilish uchun uch chaqaloqqa bitta onaning suti yetmasligi aniq. Demak, ular sanoat usulidagi sut va bo‘tqalarga muhtoj. Bu mahsulotlarning narxi juda qimmat. Go‘daklarning faqatgina oziqasi uchun har oyda yuz minglab mablag‘ sarflanadi. Ehtimol, bir oila farzand kutayotganda bitta go‘dakni, boringki ikki go‘dakni katta qilishga qurbi yetishini biladi. Ammo uch nafar go‘dakning birdan tug‘ilishi har qanday ota-ona uchun ham moddiy, ham ruhiy qiyinchilik keltirib chiqarishi mumkin. Samarqand tumanidan murojaat qilgan ota esa uch go‘dakni rafiqasi bilan emas, onasi bilan katta qilmoqda.

“Egizak qizaloqlarim tug‘ilgandan yigirma kun o‘tgach, turmush o‘rtog‘im vafot etdi, — deydi Samarqand tumani Mehrobod mahallasida istiqomat qiluvchi Alisher Azizov. – Bir yoqda rafiqamning vafoti, bir yoqda uch nafar go‘dakka qarash. Hozir onam ularga qarayapti, ammo mana besh oydirki mahalla bola parvarishi uchun nafaqa pulini chiqarib bergani yo‘q. Yaqin kunlarda hal bo‘ladi, ammo bir nafar bolaga chiqarib beramiz, deyishyapti. Axir ijtimoiy tarmoqlarda ko‘rayapmiz, uchtalik egizaklarga avtomobil berilayapti, hatto. Lekin onasiz qolgan egizaklarga nahotki bola pulini chiqarib berish ham shunchalik qiyin bo‘lsa?!”

Otaning murojaatlaridan so‘ng oilaga tuman hokimligi tomonidan uchta belanchak, sovg‘a-salom keltirib berildi. Qolaversa, bolalar budjetdan tashqari pensiya jamg‘armasi tuman bo‘limidan boquvchisini yo‘qotganligi uchun nafaqa oladi. Go‘daklarga qarash uchun tuman tibbiyot birlashmasi ham imtiyoz yaratib bergan. Ammo mahalla tomonidan nafaqa hamon chiqarib berilmagan.

Pastdarg‘omlik oila esa uch nafar egizakning faqat bir nafariga nafaqa puli berilayotganidan norozi. Ushbu norozilik bo‘yicha “Mahalla” xayriya jamoat fondi viloyat bo‘limiga savol jo‘natilganida, quyidagicha javob xati kelgan:

“Uch nafar egizaklarga davlat tomonidan qanday imtiyozlar borligini so‘rab qilgan murojaati yuzasidan mahalla yo‘nalishi bo‘yicha quyidagilarni ma’lum qilamiz.

Fuqarolar yig‘inlarida kam ta’minlangan oilalarga ijtimoiy nafaqalar va moddiy yordam Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 15-fevraldagi 44-sonli ‘Kam ta’minlangan oilalarga ijtimoiy nafaqalar va moddiy yordam tayinlash va to‘lash tartibi to‘g‘risida’gi Nizomning 17-bandida  bolali oilalarga nafaqa, bola parvarishi bo‘yicha nafaqa va moddiy yordam tayinlash to‘g‘risidagi ariza uch bosqichda ko‘rib chiqilishi belgilab qo‘yilgan, shuni inobatga olib, oyning 15-sanasiga qadar mahalla fuqarolar yig‘iniga yozma ariza bilan murojaat qilishi mumkin.

Nizomning 8-bandida belgilanishicha, bolali oilalarga nafaqa, bola parvarishi bo‘yicha nafaqa va moddiy yordam har bir oila a’zosiga o‘rtacha oylik jami daromad aniqlanayotgan davr uchun belgilangan eng kam oylik ish haqining 1,5 baravardan ortiq bo‘lmagan oilalarga tayinlanadi. Bundan tashqari, Nizomning 6-bandida fuqarolar yig‘ini tomonidan ehtiyojmand deb e’tirof etilgan oila nafaqa yoki moddiy yordamning faqat bir turini olish huquqiga ega ekanligi belgilangan”.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-05-2019, 20:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 109) ( 0) ( 108) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют