» » Qizining nomusiga bir necha marta tekkan tojikistonlik otaga umrbod qamoq jazosi tayinlandi

Qizining nomusiga bir necha marta tekkan tojikistonlik otaga umrbod qamoq jazosi tayinlandi


Jinoyat ishlari bo‘yicha Dushanbe shahar sudi o‘z qizining nomusiga bir necha marta tekkan fuqaroni umrbod qamoq jazosiga mahkum qildi. Bu haqda Sputnik xabar qiladi.

Qayd etilishicha, sud hukmi 2019-yil 28-may kuni o‘qib eshittirilgan. Mahkum Tojikiston JKning 138-moddasi 3-qismi “a” bandida (nomusga tegish, ya’ni zo‘rlik ishlatib, qo‘rqitib yoki jabrlanuvchining ojizligidan foydalanib yoki yaqin qarindoshga nisbatan jinsiy aloqa qilish) nazarda tutilgan jinoyatni sodir etishda aybdor deb topilgan.

Sud sodir etilgan jinoyatning xususiyati va ijtimoiy xavflilik darajasini, jazoni yengillashtiruvchi va og‘irlashtiruvchi boshqa barcha holatlarini inobatga olib, unga umrbod qamoq jazosini tayinlagan. Shuningdek, jinoyatchi jazoni maxsus tartibdagi koloniyada o‘tashi belgilangan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-05-2019, 21:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 50) ( 0) ( 49) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют