» » Rossiya prezidenti Vladimir Putin kelajakda kim jahon hukmdori bo‘lishini aytdi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin kelajakda kim jahon hukmdori bo‘lishini aytdi


Rossiya prezidenti Vladimir Putin Moskvadagi 21-dasturlash maktabiga tashrifi davomida “Sun’iy idrok”ni rivojlantirish kelajakda qanchalik muhim ahamiyatga ega ekanini aytdi, bu haqda Sputnik xabar qiladi.

“Sun’iy idrok mexanizmlari, qisqa vaqt ichida ulkan hajmdagi ma’lumotlarni tahlil qilib, real vaqtda tezkor qaror qabul qilish imkoniyatini beradi. Bu esa ulkan ustuvorlik va samaralilik degani. Agar kelajakda biror kim sun’iy idrok sohasida monopoliyaga erisha olsa, buning natijasi ayon — u dunyo hukmdori bo‘ladi”, — dedi Rossiya prezidenti.

Vladimir Putin aytishicha, texnologik yetakchilik uchun kurash, avvalombor sun’iy idrok sohasida — allaqachon global konkurensiya maydoniga aylangan. Ushbu sohada yangi mahsulotlar yaratish — geometrik progressiya masshtabida sodir bo‘lmoqda.

Rossiya prezidenti so‘zlariga ko‘ra, dunyoning ko‘plab mamlakatlari sun’iy idrok sohasida allaqachon o‘z strategiyasini qabul qilgan. Ushbu sohada qilingan har bir ixtiro iqtisod, boshqaruv, sog‘liqni saqlash va insonlar kundalik hayotida misli ko‘rilmagan darajada ta’sir ko‘rsatishi mumkin.

“Biz ham sun’iy idrok sohasida o‘zimizning texnologik suverenitetimizga ega bo‘lishimiz kerak. Bu kelajakda bizning biznes, iqtisod, hayotimiz sifati va mudofaa qobiliyatimizning o‘ta muhim shartidir”, — dedi Putin.

Rossiya prezidenti sun’iy intellekt nafaqat biror tor sohaga taalluqli bo‘lishi, balki inson miyasi kabi ishlaydigan, ulkan samarali universal yechimlardan iborat bo‘lishi kerakligini ta’kidladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-05-2019, 21:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 120) ( 0) ( 119) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют