» » Avstriya kansleri lavozimini birinchi marta ayol kishi egalladi

Avstriya kansleri lavozimini birinchi marta ayol kishi egalladi


Avstriya Konstitutsion sudi raisi Brigitte Birlyayn mamlakat kansleri bo‘ldi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar berdi.

Avstriya prezidenti Aleksander Van der Bellen parlamentning navbatdan tashqari saylovlarigacha Birlyaynni vaqtinchalik kansler etib tayinladi.

Avstriya parlamenti Kurts hokimiyatiga ishonchsizlik votumi e’lon qildi.

O‘tgan haftada ommaviy axborot vositalarida Ibitsada Avstriyaning sobiq vitse-kansleri Xaynts-Kristian Shtraxening “Rossiya millionerlari” bilan saylovlarda yordam olishni muhokama qilgan video tarqaldi. Janjaldan so‘ng Shtraxe iste’foga chiqdi.

28-may kuni Avstriya prezidenti Aleksander Van der Bellen uni mamlakat kansleri lavozimidan ozod qilgan. Hukumat boshlig‘ining vaqtincha vazifa bajaruvchisi lavozimiga vitse-kansler Xartvig Lyoger tayinlandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-05-2019, 22:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 28) ( 0) ( 26) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют