» » Dominikanda 5G aloqa birinchi marta sinovdan o‘tkazildi

Dominikanda 5G aloqa birinchi marta sinovdan o‘tkazildi


Dominikan Respublikasining VIVA mobil operatori Shveysariyaning Ericsson telekommunikatsiya kompaniyasi bilan bilan hamkorlikda 29-may kuni mobil internetning beshinchi avlodi (5G)ni sinovdan o‘tkazdi. Bu haqda “TASS” xabar berdi.

Namoyishkorona ulanish prezident Danilo Medina ishtirokida telekommunikatsiya ko‘rgazmasida o‘tkazildi. Tadbir davomida mehmonlar, shuningdek, 5G texnologiyasi afzalliklari hamda uning telemedetsina va IoT (Internet of Things, Buyumlar interneti)da qo‘llanilishi bilan tanishish imkoniyatiga ega bo‘lgan.

VIVA bosh direkitori Marko Erreraning bu qadam 5G texnologiyasini mamlakatda joriy etish bo‘yicha yetakchilikni beradi, bu esa dominikanliklarga yaqin kelajakda ma’lumotlarni eng yuqori tezlikda yuklab olishi imkonini berishini ta’kidlagan.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Dominikana Karib regionida birinchilardan bo‘lib bu texnologiyani joriy etmoqda, bu esa o‘z navbatida mamlakat investitsion imijiga ijobiy ta’sir etadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (31-05-2019, 04:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 30) ( 0) ( 28) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют