» » Mustaqil hisobot: ZTE koporatsiyasining 5G Flexhaul yechimi tarmoq taqsimoti va 100G ulanish texnologiyasi asosida ishlaydi

Mustaqil hisobot: ZTE koporatsiyasining 5G Flexhaul yechimi tarmoq taqsimoti va 100G ulanish texnologiyasi asosida ishlaydi


GlobalData tadqiqot firmasi ZTE koporatsiyasining (Xitoy) yuqori tezlikda ishlaydigan ZXCTN 609 yechimini tarmoq taqsimoti va 100G ulanish bo‘yicha o‘ziga xos yangilik deb e’tirof etdi.

ZXCTN 609 ZTE koporatsiyasi tomonidan ishlab chiqilgan 5G Flexhaul yechimining bir qismi bo‘lib, trafikni integratsiyalashtirgan holda to‘g‘ridan-to‘g‘ri, oraliq va teskari uzatish va talabga muvofiq moslashtirilgan holda kengaytirish imkoniyatiga ega FlexE (moslashuvchan tarmoq) texnologiyasi bilan jihozlangan. “ZXCTN 609 teskari almashinuv tarmog‘ida tarmoq kesimining ekvivalenti vazifasini bajaradi”, — deb yozgan o‘z hisobotida GlobalData tadqiqot firmasining bosh tahlilchisi Glen Xant.

“ZXCTN 609 alohida bo‘linmalarni (tunellar) o‘z ichiga olgan va ularning har biri past, yuqori tezlikdagi va moslashuvchan ulanish uchun 5G talablariga javob beradigan mustaqil xususiyatlarga egadir, — deydi janob Xant. — ZXCTN 609 ma’lumotlarni 5G tezligida uzatish uchun 100G kanallarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida korporatsiyaning Flexhaul texnologiyalarini kengaytiradi, qayta ulanish va SDN boshqaruv tizimlarini himoya qiladi.

“Moslashuvchanlik” o‘ziga xos xususiyat hisoblanadi. Negaki, FlexE bir-biridan mutlaqo farq qiladigan transport talablarga ega kengaytirilgan keng polosali mobil aloqa (eMBB), mashina turidagi ommaviy telekommunikatsiya (mMTC) va ishonchli aloqa (uRLLC) kabi ilovalar uchun xizmat ko‘rsatish xususiyatiga egadir. Yangi mahsulot korporatsiyaga tobora rivojlanib borayotgan 5G infratuzilma bozorida o‘z o‘rnini mustahkamlash imkonini beradi”.

Glent Xantning so‘zlariga ko‘ra, 5G-xizmatlar ma’lumotlarini yuqori tezlikda uzatish operatorlardan 100G+ texnologiyasini foydalanish imkoniyati darajasida kengaytirish va xizmat ko‘rsatuvchilar tarmog‘ini kengaytirishni talab etadi.

“ZTE o‘zining samarali optik-transport platformalarini taklif etib, telekommunikatsiya texnologiyalari va dasturiy ta’minot bozorida ishtirokini sezilarli darajada kengaytirdi, tarmoqlarni (NVFi va vEPC) virtuallashtirish texnologiyalari va tarmoq forumlarida o‘z o‘rnini mustahkamlamoqda va peshqadamlik qilmoqda”, — dedi Xant.

Bosh qarorgohi Londonda joylashgan GlobalData yetakchi tadqiqot kompaniyasi texnologiyalar, telekommunikatsiyalar va raqamli sanoat to‘g‘risida axborotni taqdim etadi. GlobalData Current Analysis tahliliy kompaniyasining asosiy kompaniyasi hisoblanadi.

Reklama huquqi asosida!

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (1-08-2017, 15:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 89) ( 0) ( 88) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют