» » ZTE va Quantenna’ning GPON shlyuzlari uchun yangi mahsulotlari

ZTE va Quantenna’ning GPON shlyuzlari uchun yangi mahsulotlari


ZTE (Xitoy) korporatsiyasi va Quantenna Communications (AQSh) kompaniyasi 4×4 802.11ac Wave 2 QSR1000 chipi asosida yuqori sifatli yangi GPON mahsulotini yaratdi. Ushbu mahsulot butun dunyodagi provayderlar uchun mo‘ljallangan.

Bugungi kunda optik-tolali tarmoq tezligi tobora ortib borayotgani bois shlyuzlar ham rivojlanishi va qamrov ko‘lamini kengaytirish maqsadida yangi avlod GPON va Wi-Fi tizimlari asosida ishlashi lozim.

Yangi turdagi mahsulotlar xizmatlardan to‘liq foydalanishni ta’minlash va multissenar talablarni qanoatlantirish uchun yuqori o‘tkazuvchanlik qobiliyatiga ega bo‘lib, xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish maqsadida operator toifasidagi QoS (Quality of Service) tarmog‘ini ham ta’minlaydi.

Xitoyning telekommunikatsiyalar uchun uskunalar ishlab chiqaradigan yetakchi ishlab chiqarish korxonalaridan hisoblangan ZTE korporatsiyasi dunyoning 160 mamlakatidagi operatorlarga o‘z mahsulotlari hamda ishlanmalarini yetkazib beradi.

Korporatsiya mijozlarga yuqori sifatli tarmoq qurilmalarini taqdim etish uchun Quantenna kompaniyasi bilan ishlashdan manfaatdor. Bunday strategik hamkorlik Quantenna kompaniyasining yuqori sifatli Wi-Fi tizimiga ega yangi mahsulotlarni taklif etish hisobidan brendni ommalashtirish borasida korporatsiya tashabbuslaridan biri hisoblanadi.

ZTE vitse-prezidenti Xuang Fuzong

Qamrov ko‘lamini kengaytirish Quantenna kompaniyasining asosiy maqsadlaridan biridir. Biz xizmatlar yetkazib beruvchi yangi mijozlarga mahsulotlarni taklif etish uchun ZTE korporatsiyasi bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yilganidan xursandmiz.

Quantenna kompaniyasining marketing va biznesni rivojlantirish bo‘yicha katta vitse-prezidenti Lionel Bonnot

Reklama huquqlari asosida. Xizmatlar litsenziyaga ega

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (4-05-2017, 09:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 72) ( 0) ( 70) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют