» » Qozogistonda prezidentlikka nomzodlar ortasida otkazilgan teledebatga Sadibek Tugel chopon va qamchida keldi

Qozogistonda prezidentlikka nomzodlar ortasida otkazilgan teledebatga Sadibek Tugel chopon va qamchida keldi


Qozogistonda prezidentlikka nomzodlar ortasida teledebatlar otkazildi. Debatlarda ayrim nomzodlarning ishonchli vakillari ishtirok etdi, deb xabar beradi Tengrinews.

Debatlar uchta raundan iborat bolib, unda nomzodlar ozlarining saylovoldi dasturini taqdim etishlari, Qozogistonning ijtimoiy modernizatsiyasi mavzusi haqida chiqish qilishlari hamda saylovchilarga murojaat yollashlari kerak.

Amangeldi Taspixov ismli nomzod mamlakatdagi oddiy ishchilarning muammolarini bilishini, shu sababli ozi boshqarib kelgan jamoaning barchasi oziga ishonishini malum qildi. Deputatlik muddatim tugagach issiq joyga ornashib olmasdan, tumanimga qaytib ishimni davom ettirdim. Agarda menga ishonch bildirsalaringiz prezidentlik muddatim tugaganidan keyin ham qishlogimga qaytib sizlar bilan birga bolaman, deydi Taspixov.

Yana bir nomzod Daniya Yespayevaning vakili Azat Peruashev ham sozga chiqib, amalga oshirmoqchi bolgan ishlari haqida malum qildi: Hayotimizni yaxshilashni istasak, korrupsiya va adolatsizlikni tomiri bilan sugurib tashlashimiz kerak. Yevropadagidek yashash uchun Yevropa iniqlobi, ozodligi va tengligi oid qadriyatlarini qabul qilishimiz kerak.

Amirjon Kosanov: Hozirgi prezidentlik kampaniyasida men demokratiya va ozodlik yolida umrini sarflagan dostlarimning manfaatlarini himoya qilmoqdaman. Men ularning ushbu prinsiplarini qollab-quvvatlayman. Qozogiston resurslarga boy, biroq xalqi kambagal davlat. Hamma narsamiz bor, biroq bizga uchta narsa yetmayapti. Bu ozodlik, adolat va haqiqat.

Sadibek Tugel ismli nomzod debatlarga chopon va qamchida keldi. Bizning asosiy orzumiz buyuk madaniyatimizni qayta shaklantirish, davlat tili va ananalarizmi rivojlantirish. Men barchani faqatgina davlat tilida sozlashishga, oz mamlakatiga sadoqatli bolishga chaqirib qolaman, deydi Sadibek Tugel.

Debatlarda Qozogistonning amaldagi prezidenti Qosim-Jomart Toqayev ishtirok etmadi. Uning nomida Maulen Ashimbayev qatnashdi.



Manba: Daryo.uz
: admin (31-05-2019, 08:29)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 4) ( 0) ( 3) ( 1)
:
-
:
:
20 ... -