» » Ozarbayjon prezidenti “Kaspiy neft va gazi” ko‘rgazmasida O‘zbekiston stendi bilan tanishdi

Ozarbayjon prezidenti “Kaspiy neft va gazi” ko‘rgazmasida O‘zbekiston stendi bilan tanishdi


Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev “Kaspiy neft va gazi” — Caspian Oil and Gas ko‘rgazmasida “Uzbekneftgaz” AJ stendiga tashrif buyurdi. Bu haqda Energetika vazirligi matbuot xizmati ma’lum qildi.

“Uzbekneftgaz” AJ Kaspiybo‘yi mintaqasining energetika sohasidagi yirik tadbiri — “Kaspiy neft va gazi” — Caspian Oil and Gas” (Ozarbayjon) 26-xalqaro ko‘rgazmasida o‘z stendi bilan ishtirok etmoqda.

Har yili mazkur forumda yuqori darajadagi rahbarlar yig‘ilib, Kaspiy mintaqasidagi eng muhim neft-gaz loyihalari hamda energetika xavfsizligini ta’minlash masalalarini muhokama qiladi. Mazkur tadbirda “Uzbekneftgaz” AJ delegatsiyasi ham qatnashmoqda.

Caspian Oil and Gas ko‘rgazmasining tantanali ochilish marosimida Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev ishtirok etdi va nutq so‘zladi. Davlat rahbari ko‘rgazma ekspozitsiyalari, jumladan, O‘zbekistonning neft-gaz sohasiga bag‘ishlangan stendi bilan ham tanishdi.

“Uzbekneftgaz” AJ boshqaruv raisining birinchi o‘rinbosari Ulug‘bek Saidov prezident Ilhom Aliyevga ko‘rsatilgan e’tibor uchun minnatdorlik bildirib, O‘zbekistonda Ozarbayjonning SOCAR davlat neft kompaniyasi bilan hamkorlikda loyihalar amalga oshirilayotgani, neft-gaz sohasida o‘zbek—ozarbayjon munosabatlari barqaror rivojlanib borayotganini ta’kidladi.

Muloqot yakunida Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev “Uzbekneftgaz” AJ delegatsiyasiga Caspian Oil and Gas ko‘rgazmasida samarali ishtirok etish, yangi aloqalar va istiqbolli loyihalar bo‘yicha muvaffaqiyatlar tiladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (31-05-2019, 09:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 90) ( 0) ( 89) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют